Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!
Bloglar | Nodirbek Mamatqulov

Siz albatta qaytasiz


Kecha bo'lib o'tgan Milan derbisi "rossoneri" va "neradzurrilar" qarama - qarshiligida yangi sahifa ochdi: bu ikki klub endilikda xitoyliklar qo'lida. Ularning ish prinsipi, o'yinlarga tayyorlanadigan afishalar, libos va atributkalarga qadar barchasi Chin yurti milliarderlarining qo'lida. Har ikki jamoaning maqsadi turlicha: "Inter" yozda Diego Simeoneni olib kelib, mavjud tarkibni saqlab qolgan holda, ba'zi chiziqlarga kuchli futbolchilarni jalb qilmoqchi. "Milan" esa klubning oldingi strategik yo'liga qaytish tarafdori. Klubning xitoyliklar qo'liga o'tishi vaqtida Berluskoni bir necha bor bu jamoaning ishonchli qo'llarga o'tayotganligini juda ko'p takrorlagan bo'lsada, jamoaning bir maqsad yo'liga tushib olish uchun ma'lum vaqt va qiyinchilikni bosib o'tish talab etiladi.

Va'da berish hamisha oson bo'lib kelgan. "Milan"ni sotib olguniga qadar Li Yongxong va Li Xan o'z og'zilaridan "ishonch", "buyuk tarix", qaytish" va "CHLni yutib olish" kabi so'zlarni tushirishmadi. Ularning oldida hozir bu so'zlarning amalda qo'llanilishidan oldin, Italiya futboli kelajagi Janluiji Donnarummani saqlab qolish vazifasi turibdi. Bilasiz, Mino Rayola pul uchun yangi nayranglarni o'ylab topishdan charchayvermaydi. Va shu jihatdan olib qaralganda, Jiji bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash va uning maoshini oshirish talab etiladi. Xan shuningdek bitta to'g'ri qaror qabul qilishi lozim - klub sport direktori lavozimiga afsona Paolo Maldinini taklif etish.

Ammo bir "teleport"lik kishini taajubga soladi - Xan "Milan"ni o'z puliga sotib olmagan, qandaydir qarzlar evaziga jamoani o'ziniki qilgan. Fikrlash darajasi past deb o'ylayotgan bo'lishingiz mumkin, ammo klubga katta sarmoya kiritaman deb "Parma", "Valensiya"ni sotib olganlar, amalda ularni botqoqqa botirib bo'lishdi.

Sino-Europe Sports yirik korporatsiya ekanligini barcha yaxshi biladi. "Rossonerilar"ga ikki boyning egalik qilishi taajublanarli holatdir.

Osiyo mamlakatlari pullarining Yevropa futbolida hech qanday ahamiyat kasb etmasligini ko'rdik - Erik Tohirning amalda hech narsa qila olmasligi, Van Xuyning Gollandiyaning "Ado Den Xaag" jamoasini botqoqqa botirishi, yirik tovuq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Venky'sning "Blekbern"ni umrbod Chempionshipga mixlashi... Siz bu jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib, "Milan" bilan ham shunday bo'lmasligiga kafolat bera olasizmi?

Silvio Berluskoni so'nggi ikki yil ichida klubni tezroq sotishga harakat qildi kimgadir kerak bo'lib qolar deb va shu nuqtayi nazardan tiffozilarning g'azabidan qochishga ulgurdi. To'g'ri, uning 30 yildan oshiq vaqt davomida klubga singan mehnatlarini o'lchab bo'lmaydi. Endi buyog'i Xanga bog'liq.

Matbuot anjumanlarida klubning yangi egasi jamoa tarkib, moliyaviy jihat, o'yin salohiyati, brend va albatta, yana o'sha kurashuvchan jamoaning qaytishiga so'z berishayabdi. Men qo'rqayotgan jihat esa boshqa - jamoaga milliardlab pul ajratilgan taqdirda ham, o'zgarishsiz qolsa...

Men futbolni "Istanbul trilleri"dan boshlab ko'rganman. O'sha o'yindan keyin har ikki jamoaga ham mehr qo'yganman. G'alaba onlarida ham, mag'lubiyatdan iztirob chekkanida ham, jamoaga ishonganman. "Milan"ning Chempionlar Ligasiga qaytishini va unda g'olib bo'lishini, Italiyada futbolida "Yuventus"ning gegemonligiga barham berishini, nomini eshitsa hayiqadigan bo'lishini intizorlik bilan kutayabman. Bizning ham g'alabalardan sarmast bo'lishimiz, kuboklar qo'lga kiritilganda sevinch ko'z yoshlarini to'kish vaqtimiz kelayotganiga Xanning kechagi derbidagi klubga bo'lgan sevgisi kabi ishonayabman.

*
Izoh (8/+1)
небылвэнфилде [Off] Javob | Sit (15.12.2017 / 00:07)
 YNWA

биринчи тургани плюс булса керак десам "емон" экан.
миланни кайтишини кутамиз
FarruxMessi [Off] Javob | Sit (08.12.2017 / 14:29)
Italiadan Milan yoqadi
d21082015 [Off] Javob | Sit (02.07.2017 / 11:18)
Maqolaga gap yo'q....
Maykil Owen [Off] Javob | Sit (29.05.2017 / 01:49)
Milan liverpuldan ancha kuchli bulgan bu xaqiqat
rise [Off] Javob | Sit (07.05.2017 / 13:08)
loverpul milandan ustun edi 2007 yil hakam vaqtni ertaroq tugatib qoydi bolmasa milan korardi
Lost*Red [Off] Javob | Sit (19.04.2017 / 22:11)
2003-yilgi Echl finalida Milanga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandi. O'yin haliyam ko'z o'ngimda.. Shundan so'ng Juventusga mehrim tushgandi. Juda rahmim kelgandi.. O'shandan buyon "oq-qoralar" ni o'yinini ko'ra boshladim.
Lost*Red [Off] Javob | Sit (19.04.2017 / 22:07)
Manga Yuventusni gegemonligi yoqvotti. Chunki bu klubga mehrim tushganiga 15 yilga yaqinlashdi.. Eh! Forza Juve
I ❤ Liverpool ✔ (SV!) [Off] Javob | Sit (19.04.2017 / 20:55)
 Ит хурса, мени хам жавоб кайтаришим шарт эмас!

Milanni sog‘indim. Ayniqsa Liverpul bilan finallarda to‘qnashishini