Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!
Bloglar | Филиппе Коутиньо

"Liverpul"ning sodiq muhlislari


Liverpul sodiq muhlislari


Deymiz takror "Yolg'iz emassan hech qachon"
Sen bilandir har o'yinda tan birla jon
Mersisaydlik fanatmiz bizlar har zamon
Mehrimiz kuchli ularga borgan sari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

Henderson yiqilsa og'riydi jonimiz
"Enfild Roud"dir jonajon makonimiz
Yurgen Klop keltirar sharaf shonimiz
Mag'lubiyat "Liverpul"dan bo'lsin nari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

"Qizillar" yutkazsa bizga kelar mushkul
"Liverpul" dan o'zgasi kerakmas butkul
Aytajak so'zimiz shu "OLG'A LIVERPUL"
Senga atalgan olqishlarimiz bari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

Qo'llab quvvatlab, beramiz senga yordam
Starrij gol ursa bo'lar katta bayram
To'xtamay kuylaymiz madhiyangni har dam
"YNWA" deb aytadurmiz yoshu qari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

Koutinyoning gollariga deymiz "Qoyil!"
Felipe ham chiroyli gollarga moyil
Hudo hohlasa bizniki bo'lar bu yil
Firminoni ko'rib kuladi ko'zlari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

Mag'lub bo'lsak ham qo'llashdan to'xtamaymiz
"Liverpul" uchun biz har narsaga shaymiz
"Qizillar"ni hammadan kuchli bilgaymiz
Yuraklarda "Liverpul"ning bor izlari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

"LIVERPUL.UZ" saytida kezib yuramiz
Sayt eng maroqliligin sezib yuramiz
Birgalashib Kloppni qo'llab turamiz
"Liverpul"ni qo'llashchun aytar so'zlari
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

"Liverpul"ning o'yinini ko'rish uchun
Vaqt toparmiz kunduzimi yo yarim tun
G'olib bo'lsak musaffo bo'ladi har kun
"Qizillar"ga bag'ishlangan yurak qa'ri
Bizlar "Liverpul" ning sodiq muhlislari

"Liverpul"chi do'stlarim sog' omon bo'ling
G'alaba quvonchi ila o'ynab kuling
Kundan bir bor shu so'zlarim yodga oling
Bizlar ham boraylik chempionlik sari
BIZLAR "LIVERPUL" NING SODIQ MUHLISLARI!!!
*


Muallif:Rustamjon
Izoh (2)
FarruxMessi [Off] Javob | Sit (09.09.2017 / 10:46)
Tasannoo
Muhammad_Saloh [Off] Javob | Sit (02.09.2017 / 18:08)
Endi o'qib ko'ribman. Zo'r-ku!