Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Darvozabon epidemiyasi

22 iyn 2018, 21:29
*


Mavsum yakunlanishi arafasida nashrlar tomonidan "Liverpul"ning bir nechta chiziqlari kuchaytirilishi juda ko'p bor yozildi - chap qanot himoyachisi, markaziy yarim himoyachi va hujumchi. Biroq "qizillar" tarkibida yana bir muammoli vaziyat bor - klubda o'ziga ishongan va jamoasining g'alabasiga ulkan xissa qo'shadigan darvozabonga ega emas.

Bizda ishtiyoqi juda yuqori bo'lgan posbonlar bor - Simon Minyole, Loris Karius, Adam Bogdan, Rayan Fulton, Denni Uord. Ular qatoriga akademiyada ishonchli o'yinlari bilan katta o'sishga erishgan kiperlarning ham bor ekanligi biz uchun juda quvonarli holat. Lekin shunga qaramay, "Liverpul"ga "top-darvozabon" kerakligi ingliz matbuot tomonidan juda ko'p bora yozilmoqda. Iker Kasilyas, Jordan Pikford, Jo Hart, Kasper Shmeyxel. Matbuot va tahlilchilar ushbu chiziq "Liverpul" uchun muammo ekanligini bilishsa kerakki, har haftada klub darvozabonlar bilan aloqaga chiqayotganligini yozishmoqda. Tan olishimiz kerakki, "qizillar" safida "yarim jamoa" nomini oqlayotgan kiper yo'q.

Simon Minyole 2013-yili "Liverpul" safiga o'tgan vaqtida Pepe Reynaning o'rnini bosishi kutilgandi, lekin 4 yildan oshiq vaqt mobaynida doimiy tarzda tanqid qilinib kelinadi. 1,5 yil muqaddam klub bilan belgiyalik posbon o'rtasidagi shartnomaning uzaytirilishini muxlislar "aqldan ozganlik" bilan qiyoslashdi. Keyinchalik Simon 2016-yilda klubdagi eng yaxshi mavsumini o'tkazdi va barcha tanqidchilarning og'zini "mahkam berkitdi".

O'tgan yilning yozida jamoaga katta umidlar bilan olib kelingan Loris Karius, "Mayns"da ko'rsatgan seyvlarini, "Liverpul"dagi xatoliklarga almashtirdi. Dastlabki 10 o'yinda 3 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan nemis, keyinchalik xatolar girdobida qolib ketdi. Kariusning 23 yoshda ekanligi va hali tajriba to'plashi lozimligini aytsak, "Liverpul"da uni yorqin mavsumlar kutib turganiga ishongimiz keladi.

Eng katta umid sifatida "Xaddersfild Taun"ni Premer-Ligaga olib chiqqan Denni Uord jamoada "favqulotdagi darvozabon" rolini bajarishi kerak. Penalti qaytarishdagi reaksiya, o'ziga bo'lgan ishonch va jamoadoshlarini olg'a intilishga bo'lgan kuch tufayli Uordni fantastik kelajak kutib turibdi. Ayni damda Uord hamda "Liverpul" uchun eng maqbul yo'l - uni "Xaddersfild Taun"ga yana bir mavsumga ijaraga berish.

Adam Bogdanning jarohat olishi, uni jamoadagi mavqeini ancha tushirib yubordi. U hozirgi holatida asosiy jamoa tugul, yoshlar jamoasida ham o'z joyini tortib ololmaydi. Eng maqbul yechim - uni boshqa jamoaga sotib yuborish.

"Qizillar"ning yana bir darvozaboni Rayan Fulton o'tgan mavsumni "Chesterfild"da o'tkazdi, biroq jamoasi bilan Liga2ni tark etdi. U 21 yoshda va rahbariyat uni yana bir mavsumga ijaraga berib yuborishi lozim. Akademiyadagi iqtidorli posbonlarning soyasida Fulton qolib ketishi aniq. Bu esa vaqtning zoye ketishiga sabab bo'ladi.

Bizda darvozabonlar tayyorlash tizimi juda yaxshi natija bermoqda. Ammo ushbu mavsumda istiqboli porloq bo'lgan Shamil Jorjning jarohat olishi, mavsumning eng katta yo'qotishi bo'ldi. Darvozabonning o'z joyini qaytarib olishga bo'lgan urinishi, uning kuchli salohiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda.

Jorj, Grabara va Kelleher "Liverpul"ning turli yosh toifalarida asosiy darvozabonlar sanalishadi va ular shu tempda o'sishlari, Klopp ham ularni sekin-astalik bilan asosiy jamoaga jalb etib boraverishi lozim.

Demak, klubda yaqin yillarda asosiy posbon bo'lish uchun nomzodlar yetalicha. Va ularning hozirgi holatidan kelib chiqib, bemalol 5-6 yildan keyin ularga "Liverpul" darvozasini ishonib topshiraversa bo'ladi. Ammo o'sha vaqtlar kelishi uchun nima qilish lozim?

Hozirgi holatda bu darvozabonlarga ishonch bildirish juda katta tavakkaldir. Ishonch bildirildimi, unga oxirigacha imkon berilishi kerak. Qandaydir xato evaziga uni zahiraga mixlab qo'yish, kiperning faoliyati va ruhiyatiga juda salbiy ta'sir o'tkazadi. Xo'sh, nega matbuot "Liverpul" darvozabonlari epidemiyasi" deb bong urmoqda?

Vaziyat shuni taqozo qilayabdiki, Hart yoki Shmeyxelning jamoaga olib kelinishidan hech qanday foyda yo'q. Foyda ko'rilishi uchun, Minyole jamoani tark etishi kerak. Pikfordni Kariusning o'rniga olib kelish kerak. Shunda ham, Loris transferga qo'yilishi lozim. Jahon chempioni, Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempioni Iker Kasilyasning "Liverpul"ga o'tishi klub uchun foydali bo'ladi. Kasilyas nari borsa bir yil yuqori formada o'ynab bera oladi, lekin Minyole va Kariusning tajriba oshirishi, raqobatlashishiga turtki bo'ladi. Keyinchalik Aleks Manninger kabi, o'zining tajribasini ular bilan o'rtoqlashishi ham maqsadga muvofiq.

Yurgen Klopp hozirda darvozabon haqida o'ylamayabdi. Futbol olamida darvozabonlarning kamdan-kam hollarda transfer qilinishi kuzatiladi. Agar Kloppning o'rnida bo'lganimda, Adam Bogdan va Rayan Fultonni sotib, Denni Uordni "Xaddersfild"ga ijaraga berib, umuman o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Endi Fertni Liga2 darajasidagi jamoalarga tavsiya qilardim. Grabara, Jorj va Kelleherni akademiyada qoldirib, tajriba oshirishiga imkon yaratardim. Minyole va Kariusni jamoada qoldirardim. Ularning asosiy posbon va o'sishi uchun Kasilyasni jamoaga olib kelardim. Hozircha shu variant darvozabonlar va rahbariyat uchun ham ideal variantdek tuyulmoqda.


Muallif: Adam Gersayl
Teglar : Tahlillar | |
Manba : Anfield Index
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 950 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 50
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 49

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog