Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Intervyu. Andryu Robertson: "Orzularim meni "Liverpul"ga safiga o'tishga undadi"

17 avg 2018, 17:08
*

21-iyul kuni "Liverpul" o'zining yozgi transferlar vaqtidagi uchinchi xaridini e'lon qildi. Dominik Solanke, Muhammad Salahdam keyin, "qizillar" o'z safini "Xall Siti" himoyachisi Andryu Robertson bilan kuchaytirdi. Himoyachi klub rasmiy sayti bilan suhbat chog'ida, uning orzulari "Liverpul"ga o'tishida eng katta omilni o'ynaganligini ta'kidladi.


Andryu, "Liverpul"ga xush kelibsiz! Ilk taasurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.


- Men go'yoki tush ko'rayotgandekman. So'nggi haftalarda transferim haqida juda ko'plab mish-mishlar paydo bo'ldi. Nihoyat bunday xabarlar yakun topib, "Liverpul" a'zosiga aylanganimdan bag'oyatda xursandman.

Sizga "Liverpul"dan taklif kelib tushganida, qanday holatga tushdingiz?

- Har doim senga "Liverpul"dek kuchli jamoadan taklif kelib tushavermaydi. Bunday takliflar paydo bo'lganida darhol ushbu jamoadagi futbolchilar bilan o'ynashni xohlaysan. Ochig'ini aytganda, "Xall Siti"dagi faoliyatimdan mamnun edim. Lekin transferlar oynasi boshlanganda mish-mishlar juda ko'p bo'ldi. O'sha vaqtlarda klubdan ketishim ayon edi.

"Liverpul"ga o'tishingiz aniq bo'lganda, birinchi bo'lib bu haqda kimga ma'lum qildingiz?

- Menga rahbariyat va agentim qo'ng'iroq qilishib, transferim amalga oshganini xabar berishganida, sevgan qizimga bu haqda aytdim. Keyin oilamga qo'ng'iroq qildim. Oilam men erishgan ushbu yutuqlardan faxrlanishadi. Ular meni "Liverpul"ning bir qismiga aylanishimni intizorlik bilan kutishmoqda.

Sevgan qizingiz bu transfer haqida nima dedi?

- U men uchun juda xursand bo'ldi. Men kabi u ham Liverpul shahrini ko'rishni va bu yerda yashashni intizorlik bilan kutmoqda.

Ko'plab futbolchilar "Liverpul" safida o'ynash baxtiga musharraf bo'lishadi. O'zingizni bunga tayyorman deb hisoblaysizmi?

- Men sinovlarning barchasiga tayyorman! "Liverpul"dek ulkan jamoalar dunyoda juda kam topiladi. Yoshligimdan katta jamoalar safida o'ynash istardim, bugun mana shu orzuim amalga oshdi. Insonlarga buyuk jamoa safida o'ynashga loyiq ekanligimni isbotlamoqchiman. Buni birinchi mavsumdayoq amalga oshirmoqchiman.

"Liverpul" libosini kiyganingizda nimalarni xis qildingiz?

- Libosni kiyganimda yuragim junbushga keldi.

Bu klub safiga o'tguningizga qadar, klub haqida taasurotlaringiz qanday edi?

- Biz "Liverpul"ni o'z maydonimizda mag'lub etgandik. Mavsum boshidagi o'yinda futbolchilarimizdan biri maydonni tark etganidan keyin hisob yirik ko'rinish olgandi. O'sha o'yin faoliyatimdagi eng qiyini. "Liverpul" futbolchilarining darajalari juda yuqori, ular Premer-Liganing istalgan jamoasini mag'lub etoladilar.

Premer-Ligada to'plagan tajribangiz "Liverpul"dagi faoliyatingizda asqotishiga ishonasizmi?

- Premer-Liga ikki mavsumni yorqin o'tkazdim. Garchi har ikkalasida ham "Xall" Chempionshipga tushib ketgan bo'lsada, yulduzlarga qarshi o'ynadim. "Xall" asosan himoyaviy uslubni qo'llaydigan jamoa. Shu sababdan asosan himoyaga moslashga o'yinchiman. Hujumlarga unchalik ham qo'shilavermayman. Lekin menga o'yinni jamoaviy bo'lib boshqarish ham yoqadi.

Shotlandiyadan Angliya futboliga o'tib, o'yingizda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?

- Himoyachi sifatida deyarli barcha ko'nikmalarga ega bo'ldim. "Dandi Yunayted"ning eng yosh futbolchisi bo'lib, bu yerga keldim. Chempionshipda 50ga yaqin juda og'ir o'yinlar o'tkazardik. Jismoniya jihatdan kuchim yetmasdi. Stiv Bryus jamoani tark etganidan so'ng, o'rniga kelgan Marko Silva mening o'yinimni o'stirdi. U menga o'yindagi holatlarga to'g'ri yondoshishni, hujumlarga qanday qo'shilish kerakligini o'rgatdi. Yurgen Klopp qo'l ostida ham bundanda katta o'sishga erishaman.

Lazar Markovich bilan "Liverpul" haqida gaplashdingizmi?

- Suhbatlashishga vaqt bo'lmadi. Matbuotda mish-mishlar haftalab davom etdi, transfer ikki kun vaqtni oldi. Portugaliyadagi yig'inni tark etishga to'g'ri keldi va Lazarni Liverpul ko'chalaridan birida ko'rdim, lekin u bilan suhbatlasha olmadim. U bilan suhbat hech nimani anglatmaydi. Bu yerda meni nimalar kutayotganligini juda yaxshi bilaman. Muxlislar meni qo'llab-quvvatlashadi degan umiddaman.

Keling, endi "Xall Siti"ga o'tguningizga qadar bo'lgan davr haqida suhbatlashsak.

- Ko'plab futbolchilar ba'zida o'z jamoalariga kerak bo'lmay qolishadi. Bu hayot va juda futbol qonuni. 15 yoshimga qadar "Seltik"da faoliyat olib bordim. Keyin "QPR" safiga o'tdim. 3 yil davomida yoshlar jamoasida o'ynadim, 18 yoshimda asosiy jamoada debyut qildim. "QPR"da uchinchi divizion jamoalariga qarshi o'ynab, ulkan tajriba to'pladim. Keyinchalik "Dandi Yunayted"ga o'tishim orqali faoliyatimda yanada o'sish kuzatildi. Terma jamoadan chaqiruv oldim. Bu men uchun haqiqiy baxt edi. Keyin Angliyaga qaytdim. Stiv Bryus meni yanada kuchaytirishga harakat qildi. Klubdagi debyut o'yinimda jarohat oldim. Bu jarohat mening faoliyatimga nuqta qo'yishi mumkin edi, biroq jamoa menga juda katta yordam berdi.

Faoliyatingizdan ko'rinib turibdiki, siz doimo o'z ustingizda tinimsiz ishlaysiz.

- Men doimo o'zim o'ynagan jamoalarimdagi jamoadoshlarimdan nimanidir o'rganishga harakat qilaman. Har bir jamoada 100 dan oshiq o'yinlarda qatnashganman. O'yindagi har bir daqiqani qadrlaganim uchun, mana shu darajaga qadar yetib keldim deb o'ylayman.

Ushbu mavsum oldingizga nimalarni maqsad qilib qo'ygansiz?

- Men uchun "Liverpul" futbolchilari bilan bir safda turishning o'zi bir baxt. Klubga zahira futbolchisi emas, aksincha asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish uchun keldim. O'z oldimizga Chempionlar Ligasida guruhdan chiqish va Premer-Liga chempionligi uchun kurashishni vazifa qilib qo'yganmiz.

Yurgen Klopp bilan faoliyatingizda tub burilish yasay olasizmi?

- U juda ham qiziq inson. Yurgen o'z qo'l ostidagi futbolchilarning to'xtab qolmasligini istaydi. Men uning qo'l ostida jamoaga yordam berishga harakat qilaman.
Teglar : Andryu Robertson | Intervyular |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 787 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 50
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 50

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog