Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Sadio Mane: "Gimnastika bilan muntazam shug'ullanaman"

17 sen 2018, 17:36
O'tgan mavsumning boshidan beri "Liverpul" safida o'ynayotgan senegallik futbolchi Sadio Mane borgan sari klubining yetakchisiga aylanib bormoqda. Uning tezkorligi har qanday raqibga muammo tug'diradi. Mavsum avvalida Koutinyo yo'qligi deyarli bilinmayapti, chunki Mane safda .

"Daily Mail" yangi mavsum oldidan jarohatidan qutulgan va asta-sekin o'z o'yini topib olayotgan Mane bilan suhbatlashdi." Uotford"ga qarshi o'yindan keyin Sadio yoshligidan yugurishni yaxsh ko'rishi, Klopp bilan munosabatlari va xech qachon alkogol ichimliklari iste'mol qilmaganligi haqida gapirdi. Suhbatni e'tiboringizga xavola qilamiz.

- Sadio "Liverpul" safidagi ilk o'yiningiz "Arsenal"ga qarshi kechgandi. O'shanda urgan golingizni eslay olasizmi?

- Esimda. O'shanda to'pni qanotdan qabul qilib olgandim. Keyin himoyachi (Chembers) menga qarab kela boshladi. Men uni tezlikda aldab o'tishim kerak edi. Men to'pni qo'rqmay oldinga tashladim. Chunki tezlikda himoyachidan o'zib ketishimga ishongandim. Tezlikda atay pasladim va u yaqinroq kelishini kutdim. To'xtagandan so'ng birdan oldinga bordim. Menda boshlang'ich tezlik yaxshi bo'lgani uchun bunday ishlar qilishga imkoniyatim yetadi.

- Bunchalik tezlikka ega bo'lishingizga sabab nima?

- Men bolalagimdan yugurib o'sganman. Onam meni o'qishimni, o'qimishli odam bo'lishimni xohlardi, lekin men faqat yugurardim. Koptokni olardimda ketardim. Alohida ishlash natijasida bunday xususiyatga ega bo'lib qolmaganman. Yaratgan menga shunday tezlik inom etgan. Maktabda o'ynagan eng ko'p o'yinimiz aynan poyga edi. O'shanda ham hammadan tez yugurardim. Bolaligimda mashg'ulotga ketayotganimda mening sumkam bo'lmasdi. Butsani qo'lga olib, stadionga yugurardim. Avval stadionni 6 marta aylanib, keyin maydonga tushardim. Hozir gap sprint xaqida ketmoqda, lekin men uzoq masofalarga ham yugura olaman.

- Tezlik ustida ishlamasangiz, nima ustida ishlaysiz? O'zingizdagi qaysi xususiyatni rivojlantirishga harakat qilasiz?

- Gimnastika bilan muntazam shug'ullanaman. Bu men uchun juda muhim. Chunki yiriklashib, semirib ketishni xohlamayman. Hech qachon jussam katta bo'lib ketishini tasavvur qilolmayman, bu uchun gimnastika juda muhim. O'z tanamni yaxshi bilaman va men uchun nima foydali ekanini his qilaman. Vaznni orttiradigan ovqatlardan tiyilaman. Hech qachon chekmaganman va alkogol ichimliklarini ichib ko'rmaganman.

- Nima uchun?

- Bunga mening dinim yo'l qo'ymaydi, u menga alkogol ichishni emas, bir kunda besh marta ibodat qilishni buyuradi va men buni ado qilaman.

- Siz ko'proq qanot yarim himoyasida o'ynaysiz. Bu siz uchun qulaymi?

- Men boshidan hujumchi bo'lganman. Lekin maydonda qaysi nuqtada o'ynash muhim emas. Eng muhimi, gol urish. Gol urish uchun o'ng qanotmi, chap qanotmi, markazmi, farqi yo'q. Men har nuqtada hozir bo'laveraman. Gol ursam, g'alaba qozonsak bo'lgani.

- 2002 yilgi Jaxon chimpionatidan keyin El-Xoji Diuf xam "Liverpul"ga o'tgani esingizdami?

- El-Xoji - men o'yinidan zavqlangan birinchi futbolchi. Fransiyaga qarshi ochilish o'yinida g'alaba qozongandik, o'sha o'yinni maktabdan chiqib, o'rtog'imni uyida ko'rgandik. El-Xoji Senegalda qahramon. Uyga borganimda uni ko'rib turaman. Afsuski, U "Liverpul"da qahramon bo'la olmadi.

- O'tgan yili Afrika kubogiga ketganingizda "Liverpul" juda ko'p o'yinlarda ochko yoqotgan va ikkita kubokdan chiqib ketgandi. O'shanda mag'lubiyatlarda sizning yo'qligingiz sabab bo'lishgan deyishadi.

- Professional hamma narsaga tayyor bo'lishi kerak. Men Gabonda "Liverpul" ishtirokidagi o'yinlarni qanday tomosha qilganimni tasavvur qilolmaysiz, yigitlarga shunchalik yordam berishni xohlardimki, jarohat olgan vaqtimda ham juda qiynalganman. Axir, men butun mavsum salomat bo'lishni va jamoamni yolg'iz qoldirmaslikni xohlayman-ku. O'shanda tezroq tiklanish xaqida o'ylardim, Onam mening oldimga Angliyaga keldi va o'ylashimcha bu menga yordam berdi. Jarohat bilan hazillashib bo'lmaydi. Yangi mavsum oldidan men atigi bir hafta tatil oldim. Senegalga ketdim, lekin klub doktori bilan birga. Doktor moalajasisiz uch kunga dam oldim.

- Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish xaqida o'ylayabsizmi?

- Bunday maqsadim bor deb aytolmayman. Men hali 25 yoshdaman va bu yoshda hamma narsani bilaman deb aytolmayman. Ko'p narsani o'rganishim kerak. Albatta, bu sovrinni yutsam xursand bo'laman. Biroq bu uchun terma jamoa bilan katta natijalarga erishishim kerak. Mana bu - mening eng katta orzuim,-deya so'zlarini yakunlagan Sadio Mane.
Teglar : Intervyular | Sadio Mane |
Manba : "Erudit Sport" gazetasi
Qo`shdi: Stiven Gerrard
Ko`rildi: 1298 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 48
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 48

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog