Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jamoadagi noxush an'analar yohud "qizillar"ning jiddiy muammolari

22 sen 2018, 14:23
Chempionlar ligasida "Qizillar" Moskvaning "Spartak" jamoasi bilan durangga imzo chekishgan edi. Bu uchrashuvda Mersisaydsliklar katta ustunlikga erishigan, ammo bu ustunlik g'alabaga uchun yordam bera olmadi. Biroq o'yinni olib borish uslubi o'zgargani yaqqol ko'zga tashlandi, lekin xatolar baribir ham o'z joyida qolmoqda. Javobsiz qolgan savollar hali ham javobsiz qolmoqda.

- Nima uchun darvozada Karius?

Bu qarori bilan Klopp jamoani tubsiz jarlikga boshlayabtimi yoki bu darvozabonda yashirin iqtidor bormi. Kloppning bu tanlovi hali o'zini oqlaganicha yo'q.

- Nima uchun "Liverpul" Chempionlar Ligasida ikki uchrashuvdan beri g'alabaga erisha olmayabti?

"Qizillar" bu ikki uchrashuvda raqib darvozasi tomon 41 marotaba zarba yo'lladi. Shu zarbalardan uchtasigina gol bilan yakunlangan. Bu esa achinarli holat. Bu savolga o'zim javob qidirishga harakat qildim va bu haqida shu narsalarni aytishim mumkin:

- Biz hujumkor jamoa bo'lishimiz mumkin, ammo, tarkibimizga raqiblarni ayamaydigan beshavqatlarcha gol uradigan qotil hujumchi yetishmaydi. To'g'ri bizda Saloh, Firmino, Mane va Koutinyo singari top hujumchilar bor, lekin shunga qaramay ularning zaif tomonlari ham mavjud. Gap shundaki ulardan hech birida golni sezish qobilyati ya'ni instingti to'liq rivojlanmagan.

- "Liverpul" inqirozni boshidan kechiryabtimi?

Bu savolni "qizillar"ning hozirgi ahvolidan kelib chiqib aytishim mumkin. Chunki biz oxirgi 6 uchrashuvdan atigi 1 tasida g'alabaga erishganmiz va 13 marotaba gol o'tkazib yuborganmiz. Bu esa himoya va hujumdagi muammolar ta'siridir.

Umid qilamizki, Yurgen Klopp bu muammolarni bartaraf etishini va biz muxlislar oldidagi qarzini uzishini va barqaror g'alabalarni, shuningdek, extiroslarga boy mavsumni va chempionliklarni hadiya etishini kutib qolamiz. YNWA!

Muallif: Xurshid_Jaan
Teglar :
Manba : LiverpuL.UZ
Qo`shdi: XurshiD_JaaN
Ko`rildi: 1614 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 50
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 50

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog