Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Garet Berrining rekordi, Koutinyoning qaytishi yoki APL 6-tur tahlili

19 sen 2018, 23:02
APLning navbatdagi 6-tur baxslari muxlislarga bir qancha syurprizlarni taqdim etdi. Garchi turnir jadvalining TOP-7 taligida o'rin olgan jamoalarning birortasi ochko yo'qotmagan bo'lsada, ular ishtirokidagi o'yinlar muxlislarning diqqat markazida bo'ldi deb bemalol aytishimiz mumkin. Tur Garet Berrining rekordi, Koutinyoning qaytishi va yana bir qancha voqealarga boy bo'ldi.

Mehmon jamoasi


*


"Tottenxem" shunday maqomdagi jamoaga aylanib bormoqda. APLning yangi mavsumida o'z maydonida "Chelsi", "Byornli" va "Suonsi"ga ochlo taqdim etgan bu klub, mehmonda mezbonlarni ayab o'tirmayabdi. Uch uchrashuvda 100 % lik natija. To'plar nisbati - 8:2.

Pochettino shogirdlari bu safar "Vest Hem" mehmoni bo'lishdi va ortga g'alaba bilan qaytishdi. Eriksen-Alli-Keyn triosi har doimgidek "shporlar" g'alabasiga munosib xissa qo'shishdi. Keyn va Eriksenning gollaridan keyin, Pochettino shogirdlarining ortga yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytishlari taxmin qilingandi. Lekin ikkinchi bo'limda "bolg'achilar" Chicharito va Kuyatening gollari evaziga farqni minimal darajaga qadar qisqartirishdi. Hattoki, Serj Orening qizil kartochka olib maydonni tark etishi ham mezbonlar muxlislarida umidni yoqqandi. Lekin "Tottenxem" himoyasi boshqa xato qilmadi. Yozda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan "Vest Hem"da natijalar ijobiy tomonga o'zgarmasa, Slaven Bilich APLda iste'foga chiqqan navbatdagi murabbiyga aylanadi.

O'yinga mos durang

*


APLning ushbu turida eng qiziqarli baxslardan biri "Byornli" maydonida bo'lib o'tdi. Debyutantni qabul qilgan bu klub, sal qolsa simulyatsiya qurboniga aylanishi mumkin edi. Yaxshiyamki, uchrashuv bosh hakami Kris Kavana Radjiv van la Parraning penalti ishlashga bo'lgan harakatini vaqtida payqadi hamda uni sariq kartochka bilan ogohlantirdi. O'yindan keyin Shon Daych bunday vaziyatlar chempionatning mavqeiga putur yetkazishi, simulyatsiyalarga qarshi yanada jiddiy kurashish kerak ekanligini ta'kidladi. Bir qarashda murabbiyning gapida jon bor. Parraning keyingi o'yinlarda ham bu odatini davom ettirish ehtimoli ancha yuqori.

Kuman "xaloskori"

*


O'tgan yilning yozida "Lokomotiv"dan xarid qilingan Umar Niass "Everton"dagi dastlabki 5-6 oyda o'zini ko'rsata olmadi. Qishda "Xall Siti"ga ijaraga berilgan senegallik forvardni yozda biror jamoa o'z safiga qo'shib olishni istamadi. "Sanderlend" bilan bo'lgan o'yinda Kuman yana unga imkon berdi, hujumchi ishonchni o'z goli bilan oqladi. "Bornmut" bilan o'yinda yana zahiradan maydonga tushgan Umar dubl qayd etib, jamoasini 14-o'ringa qadar olib chiqdi. 2 o'yinda 3 gol yomon natija emas. Agar u shu tariqa davom etadigan bo'lsa, Lukakuning o'rnini bemalol egallashi mumkin. Eng muhimi, Niass Kuman ishonchini qaytardi.

"Siti" to'xtashni istamayabdi

*


Pep Gvardiola "Manchester Siti"ni o'ziga keltirish uchun bir mavsumdan voz kechdi. Endi esa APLda bu jamoani to'xtatadigan klub topilmayabdi. Dastlab o'zi uchun keraksiz futbolchilar bilan xayrlashdi, yangi futbolchilar olib keldi, o'yinchilarning maydondagi pozitsiyalarini o'zgartirdi va hokazo. Agar "Siti" shu tempni ushlab qololsa, mavsum ularniki bo'lishi aniq. 8 o'yindagi to'plar nisbati-27:3.

Bu safar "Kristal Pelas" "shaxarliklar" oldida ojiz qolishdi-5:0. Aguero, Sane va Jezus APLning eng xavfli hujum uchligi deb tan olinmoqda.

"Yunayted" qaytmoqda

*


"Liverpul" muxlisi bo'lsam ham, "Yunayted", ayniqsa Mourinyoning natija ko'rsatayotganiga tan bermoqdaman. Ha, u juda qaysar, g'alaba uchun hech nima yoki hech kimdan hayiqmaydi. Yutsa jamoasini ko'kka olib chiqadi, yutqazsa, aybni boshqadan qidiradi. Hozirda esa faqat g'alaba qozonmoqda. "Sautgempton" bilan o'yinda mezbonlar 14 marotaba de Xea darvozasiga zarba berishdi. Lukaku esa "MYu" yaratgan kam sonli hujumlarni gol bilan yakunladi. Garchi "qizil iblislar" chiroyli o'yin namoyish etishmayotgan bo'lsalarda, muhimi natijaga erishmoqdalar. Klub hali o'zining darajasidagi raqiblar bilan bellashmagani ham, salohiyati haqida to'liq taasurot olishga imkon bermayabdi.

Morata Kostaga "non qoldirmadi"

*


Darhaqiqat shunday. "Stok Siti" bilan bellashuvda Morata oyoq bilan gol kirita olishini ham isbotladi. U xet-trikka erishdi va bejizga Diego Kosta doimiy tarzda zahirada o'tirishini ko'rsatib qo'ymadi. Hozircha uning hisobida 6 gol mavjud va u bilan to'xtab qolmoqchi emas. Bu yilgi APL to'purarligi uchun kurash juda qizg'in kechadi.

"Liverpul"ga Koutinyo kerak!

*


"Liverpul"ning "Lester"ga qarshi bellashuvi shuni ko'rsatdiki, jamoaning hujumdagi harakatlarida baribir Filippe Koutinyo juda ham kerak. Yozda uni "Barselona"ga sotmagan klub rahbariyati, bu qaror to'g'riligiga "tulkilar"ga qarshi baxsda amin bo'lishdi. Bitta golga assistentlik qilgan hamda bitta gol kiritgan Filippe o'sha kuni maydonda eng faol bo'ldi. Agar jarohatlar bo'lmasa, u klubni yanada yuqori marralarga olib chiqishiga ishonish mumkin.

O'sha baxsda Minyole darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan Kreyg Shekspir shogirdlari Kloppning himoyasi klubni chempion qila oladigan darajada kuchli emasligini ko'rsatib berishdi. Afsuski, bu haqiqat...

"Arsenal"da nihoyat "hujumchi" bor...

*


Terri Anridan keyin "kanonirlar" safida birorta yorqin hujumchi porlab chiqmadi. Klub tarixidagi rekord xarid Lakazet esa o'ziga sarflangan pullarni oqlashni boshladi. "Vest Bromvich" bilan o'yinda u ikki bor gol kiritishga erishdi va bu bilan to'purarlar poygasiga qo'shildi.

Tur ramziy jamoasi

*


Turnir jadvali

*


Raqamlar va faktlar

0 - "Kristal Pelas" TOP-5 chempionatlari orasida gol kiritmagan yagona jamoa.

5 - Harri Keyn ushbu mavsum Premer-Ligada darvoza ustun va to'sinlarini eng ko'p nishonga olgan futbolchi bo'lib turibdi. Hattoki, boshqa jamoalarning umumiy statistikasi Keynnikiga teng kelolmaydi.

7 - Simon Minyole "Liverpul" safida 15 penaltidan 7 tasini qaytardi.

10 - Fabian Delf gol kiritgan hujumda "Manchester Siti"ning 10 nafar a'zosi ishtirok etdi.

17 - Alvaro Morata "Chelsi" tarkibida Premer-Ligada xet-trik qayd etgan 17 futbolchidir.

26 - "Tottenxem" 26 yil deganda APLning ketma-ket 3 mehmon uchrashuvida g'alaba qozondi.

33 - Kristian Eriksen hamyurti Niklas Bendtnerning APLda kiritgan gollari sonini quvib o'tib, bu borada daniyaliklar orasida rekord o'rnatdi.

100 - "Arsenal" penaltidan o'zining 100 golini. Ulardan faqat "Chelsi" (107) va "Liverpul" (112) jamoalari oldinda.

372 - Jordan Henderson oradan shuncha kun o'tib APLda gol kiritdi.

401 - "Everton"ning golsiz seriyasi 401 daqiqada o'z yakuniga yetdi.

633 - Garet Berri Premer-Liga tarixida eng ko'p maydonga tushgan futbolchiga aylandi.

APL 7-tur anonsi:

30-sentabr.

16:30 "Xaddersfild Taun" - "Tottenxem"

"Bornmut" - "Lester", "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas", "Stok Siti" - "Sautgempton", "Vest Bromvich" - "Uotford" (barchasi 19:00da)

21:30 "Chelsi" - "Manchester Siti"

1-oktabr.

16:00 "Arsenal" - "Brayton"

18:15 "Everton" - "Byornli"

20:30 "Nyukasl" - "Liverpul"
Teglar : Tahlillar | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 829 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 86
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 82

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog