Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul"ning "ro'za" oyi

19 dek 2018, 17:45
Mana bir necha kundan keyin yangi yil kirib keladi, O'tgan yilni "Liverpul" muxlislari katta quvonchilik bilan, ya'ni, 31-dekabr sanasida Enfildda "Manchester Siti"ni taslim qilinishi bilan kutib olishgan edi.

O'tgan yili jamoa ancha ishonchli o'ynagan va o'tgan 19-tur davomida 13 g'alaba, 4 durrang va 2 mag'lubiyat bilan 43 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egallab turgandi. Lekin yangi yil kirib kelishi bilan hammasi orqaga ketdi. O'tgan mavsum
yanvar oyida "Liverpul" ishtirokidagi o'yinlar va natijalari:

2-yanvar, "Sanderlend" 2:2 "Liverpul" (APL)

8-yanvar, "Liverpul" 0:0 "Plimut Argayl" (Angliya kubogi)

11-yanvar, "Sautgempton" 1:0 "Liverpul" (Liga Kubogi)

15-yanvar, "Manchester Yunayted" 1:1 "Liverpul" (APL)

18-yanvar, "Plimut Argayl" 0:1 "Liverpul" (Angliya kubogi)

21-yanvar, "Liverpul" 2:3 "Suonsi" (APL)

25-yanvar, "Liverpul" 0:1 "Sautgempton" (Liga kubogi)

28-yanvar, "Liverpul" 1:2 "Vulverxempton" (Angliya kubogi)

31-yanvar, "Liverpul" 1:1 "Chelsi" (APL)

Umumiy hisobda
"Liverpul" o'tgan mavsum yanvar oyida 10 ta uchrashuv o'tkazib, 1 g'alaba, 4 durrang va 5 mag'lubiyat qayd etgan. Raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritib, o'z darvozasidan 9 ta gol o'tkazib yuborgan. Bu juda yomon natija. To'g'ri tarkibda bir nechta futbolchilar yo'qligi bizga pand bergan bo'lishi mumkin, Koutinyo jarohati Manening Afrika kubogiga ketishi kabi faktorlar jamoa o'yiniga ta'sir qilgani aniq. Lekin, "Liverpul" bunday ishonchsiz o'yini evaziga yanvar oyidayoq chempionlik
poygasini tark etdi, yakunda bir ammallab YeChL yo'llanmasini qo'lga kirita oldi, xolos. Agar shu yanvar oyidan ishonchli o'tib olganda keyinchalik
chempionlik uchun ham bemalol kurashib ko'rsa bo'lardi, menimcha.

Bu yil "Liverpul" Liga
kubogini erta tark etdi, lekin Angliya kubogi uchun kurash endi boshlanadi. Bu musobaqa "Liverpul" uchun ancha qadrli musobaqa ekanligini inobatga olsak, undan osonlikcha chiqib ketmasa kerak. Demak , bizni yanvarda muhim va qiyin uchrashuvlar kutmoqda. Bu yil tarkibda, ko'z tegmasin, yetakchilarimizda jaroxat yo'q, deyarli optimal formada hammasi. Matip, Moreno, Hendersonlar hamda tezda safga qaytadi. Lekin himoya va darvoza masalasi har doimgidek ojiz nuqtamiz bo'lib qolaversa, yanvar yana daxshatli o'tishi mumkin. Nima bo'lsa ham, kutamiz. Oldimizda yanvar...

Sardorbek maqolasi
Teglar : Maqolalar | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Bobby_Firmino
Ko`rildi: 968 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 91
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 87

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog