Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" sobiq futbolchisini 50 million yevroga qaytarishi mumkin

18 yan 2018, 15:28
"Liverpul" bir paytlar o‘zida kashf qilgan ispaniyalik futbolchi Susoni shu oy ichida jamoaga qaytarishi mumkin.

"Ma’lumki" "Milan" yarim himoyachisi Suso "qizillar" tarkibida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmay, Italiya chempionatida porladi va dastlab "Jenoa", keyin esa "rossonerlar" safida ajoyib to‘p surmoqda.

Liverpool Echo nashri "mersisaydliklar"ning Susoga bo‘lgan qiziqishni tasdiqladi. Ular futbolchi yuzasidan "Milan"ga yuzlanishgan. Italiya klubi esa "Liverpul"dan 50 million yevro so‘raganligi ma’lum qilindi.

Xesus Xoakin Fernandes Saes de la Torre yoki qisqacha aytganda Susoning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar amal qiladi. 24 yoshli futbolchi klubda bir yilda 3 million yevro ishlab topadi.
Teglar : Suso | Milan | Transferlar
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1590 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 23
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 17

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog