Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Anons: Gvardiolaga qarshi Klopp shogirdlari

19 yan 2018, 18:29
LIVERPUL – MANChESTER SITI (14 yanvar, 21:00)

Sababi, «Liverpul» o'z maydonida turnir peshqadamini qabul qiladi. Koutinosiz qolgan, ammo himoya chizig'ini Virjiyl van Deyk bilan to'ldirgan liverpulliklar birinchi davradagi yirik (0:5) mag'lubiyatning qasosini olishga urinib ko'radilar.

«Manchester Siti»ning holati xuddi «Chelsi»niki kabi, raqibiga nisbatan biroz horg'in ko'rinishi mumkin. Jamoa Angliya kubogida biroz engilroq raqib bilan o'ynagan bo'lsa-da, oson kechmadi. Gvardiola deyarli barcha etakchilarini maydonga tushirishga majbur bo'ldi va faqat so'nggi daqiqalardagi gol tufayligina g'alaba qozondi.

Gvardiola mavsum davomida baribir bir kun mag'lubiyatga uchralishi haqida qancha gapirmasin, mehmonlar mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirish va «Arsenal»ning rekordini takrorlashga urinib ko'rishlari tabiiy. Murabbiy uchun turnir jadvalidagi ochko farqlari yoki boshqa strategiyalar muhim emas, Pep uchun har bir o'yin bir jarayon va rivojlanish yo'lidagi bir qadam ekanini unutmaylik. Bu nuqtai nazardan, «Manchester Siti» ushbu o'yinga maksimal darajada jiddiy yondashishi shubhasiz.

«Liverpul» uchun esa, ochko suv va havodek zarur. 4-o'rinda borayotgan Klopp shogirdlari «Manchester Yunayted» va «Chelsi»ni uzoqqa qo'yib yubormasligi kerak. Shuningdek, orqadan kelayotgan jamoalar ham u qadar uzoqda emas.

«Manchester Siti» Mendini qo'shmaganda, faqat Jezus va Kompanining xizmatlaridan foydalana olmaydi. «Liverpul» safida esa, bunday futbolchilar ko'proq – hammasidan ham, Muhammad Salohning holati va maydonga tushish yoki tushmasligi hali ham so'roq ostida.
Teglar : Anons | |
Manba : Tribuna
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 1474 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 63
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 57

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog