Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Ikkinchi oʻrin qanchalik muhim?

17 apr 2018, 17:31
"Liverpul" bu mavsum 34 ta uchrashuvdan keyin 70 ochko toʻplagan holda turnir jadvalida 3-oʻrinda bormoqda.

2-oʻrindagi "Manchester Yunayted " hisobida esa 34 oʻyinda 74 ochko mavjud.

"Liverpul " 2-oʻringa koʻtarilib olishi uchun "MYu" kamida 2 ta oʻyinda ochko yoʻqotishi, "Liverpul" esa barcha uchrashuvlarda zafar quchishiga toʻgʻri keladi.
Aslida esa YeChL uchun kurashayotgan jamoalar ichida "Liverpul" yaxshigina imkoniyat hosil qilgan.
"Vest Bromvich"ga qarshi safar va "Stok Siti"ga qarshi uy uchrashuvlarida qozonilgan gʻalaba "Liverpul"ni keyingi mavsum YeChL da ishtirok etishini kafolatlaydi.
Bugun tunda 5-oʻrinda borayotgan "Chelsi" , Yevropa Ligasi uchun jiddiy kurashayotgan, qatorasiga 5 uchrashuvda gʻalaba qozongan "Byornli" mehmoni boʻladi.

Agar "Byornli" "Chelsi" ustidan gʻalaba qozonadigan boʻlsa , unda "Liverpul"ga YeChL uchun qolgan 4 ta uchrashuvning 1 tasida gʻalaba qozonish yoki juda boʻlmasa " Chelsi" bilan oʻzaro oʻyinda durang natija ham yetarli boʻladi.

Sababi , 2018-2019-yilgi mavsumdan boshlab, YeChLda APLdan 4 ta jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. ("Liverpul" oʻtgan mavsum 4-oʻrinni egallagan va saralash bahslarida "Hoffenhaym"ga qarshi uchrashuv oʻtkazgan edi).

Lekin, "Liverpul" iloji boricha yuqoriroq oʻrinlar uchun kurashmoqda buning sababi esa:

Birinchidan, jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan oʻrniga qarab APL tomonidan pul taqsimlanadi, har bir oʻringa 2 mln funt sterling. Ya'ni 4-oʻrin emas, 2-oʻrin qoʻlga kiritilsa bu qoʻshimcha 4 mln funt foyda boʻladi.

Ikkinchidan , YeChL translyatsiyasidan tushadigan foyda. Translyatsiyadan tushadigan foyda 2 xil usulda taqsimlanadi, birinchisi jamoalarning chempionatlarida egallagan oʻrni, ikkinchisi esa oʻtkazgan oʻyinlari soniga qarab.

Tushgan foydaning 40%ini chempion, 2-oʻrin 30%ini, 3-oʻrin 20%ini , 4-oʻrin esa 10% miqdorini oladi.
Yevropa Ligasi orqali chiqqan jamoaga alohida taqsimlanadi (oʻtgan yilgi "Manchester Yunayted" misolida).

" Liverpul " bu yil YeChl da 57 mln£ ishlab topdi. Agar finalga chiqadigan boʻlsa , bu 71,7 mln £ ga koʻtariladi.
Oʻtkan mavsum Chempioni "Chelsi " esa ishtirokni nimchorak finalda toʻxtatgan boʻlsa ham, 55 mln £ ishlab topishga muvaffaq boʻldi.

Demak, "Liverpul " mavsum oxirigacha iloji boricha yuqoriroq oʻrin uchun kurashadi. Agar bu Ikkinchi oʻrin boʻlsa ayni muddao boʻlardi.
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 867 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 48
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 47

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog