Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

RASMAN: Alisson Bekker - "Liverpul" futbolchisi!

21 iyl 2018, 05:22
"Liverpul" klubi "Roma" klubi darvozaboni Alisson Bekkerning transferini e'lon qildi.

"Roma" klubining darvozaboni Alisson Bekker o'z faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi. 25 yoshli futbolchi tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tib, Mersisayd klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, deya xabar beradi "Liverpul" rasmiy sayti.

"Liverpul" "Roma"ga 62,5 mln yevro to'laydigan bo'ldi. Bundan tashqari 10 mln yevro bonus sifatida beriladi. Shu tariqa Alisson dunyodagi eng qimmat darvozabon bo'di.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik darvozabon 2016-yildan beri "Roma"klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Rim klubi Alissonni "Internasional" klubidan 8 million yevroga sotib olgan edi.

Alissonning tanishtiruv marosimiga atalgan videosini "Liverpul"ning "Tvitter"dagi sahifasida ko'rish mumkin.
Teglar : Transferlar | "Roma" | Alisson Bekker
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 953 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 35

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog