Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Maqola: Alisson "Liverpul"ga nima bera oladi?

20 iyl 2018, 15:59
Bugun "Liverpul" uzoq kutilgan transferni amalga oshirdi. Darvozabon muommolaridan zerikkan "qizillar" "Roma" va Braziliya terma jamoasining birinchi raqamli kiperi Alisson Bekker rekord 67 million funt-sterling evaziga tarkibga qo'shib oldi.

Ho'sh, dunyoning eng qimmat darvozavoni "Liverpul"ga nimalar bera oladi? U darvoza borasidagi muommolarni yechib, jamoani kuboklar tomon yetaklay oladimi?

To'liq nomi: Alisson Ramsez Bekker
Tug'ilgan joyi: Novo Hamburgo, Braziliya
Yoshi: 25

*


TOP darajadagi darvozabon
Alisson o'tgan mavsum "Roma"ning Chempionlar Ligasida yarim finaligacha borishiga ulkan hissa qo'shdi. Yarim finalda esa Kloppning "Liverpul"i italyanlarni uyiga kuzatib qo'ydi. Ko'pchilik "Liverpul" o'zi ikki uchurashuvda 7 ta gol urgan darvozabonni 75 million yevroga sotib oldi, deb ajablanmoqda. Ammo, tan olaylik, o'tkazilgan gollarda darvozabonni aybi yo'q edi. Boshqasi ham u zarbalarni qaytarishga ojizlik qilardi. Bekker yakunlangan mavsumdan so'ng mashhur statistik WhoScored portaliga ko'ra, Yevropaning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. U A Seriyada 17 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi hamda har bir o'yinda o'rtacha 3.41 marta seyv amalga oshirdi. Solishtirish uchun - De Xea o'tgan mavsum o'rtacha 3.36, Kurtua 2.10, Ederson 2.17, Karius 2.0 marta seyv ijro etgan.

Alisson darvozasiga yo'naltirilgan 80.1 foiz zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'lgan va bu ko'rsatkichda bo'yicha faqat Yan Oblak undan oldinda (85.8 foiz).

Endilikda Alissonni darvozabonlar uchun mahsus ishlab chiqilgan 'Expected Goals Against' (xGA) algoritmi asosida ko'rib chiqamiz. Bu algoritm kiperlar uchun mahsus ishlab chiqilgan bo'lib, u darvozaga kelayotgan to'pni posbon tomonidan qaytara olish yoki qaytara olmaslik darajasini aniqlaydi. Agar darvozabon reytingi xGA darajasi bilan bir xil yursa, demak kiper to'sishi kerak bo'lgan hamma zarbani qaytargan bo'ladi. Alisson esa bu darajada 30 balldan 37 ball to'plagan, ya'ni u odatda darvozabon o'tkazib yuboradigan zarbalarni qaytarib, jamoasini qo'shimcha 9.46 goldan saqlab qolgan. Hisoblab chiqsak, bu seyvlar "Roma"ga qo'shimcha 10.92 ochko yutib bergan.
*


Shunchaki darvozabondan ko'prog'i
*

Alisson nafaqat ishonchli posbon, balki u "Liverpul" kabi to'pni o'zida ko'p ushlab turadigan jamoa uchun aynay kerakli futbolchi ham. To'p bilan ishlash braziliyalikning eng muhim va kuchli jihatlaridan biri sanaladi. U bergan passlarning 77.4 foizi aniq boradi va bu borada u faqatgina yurtdoshi Edersonga (80.3 foiz) imkoniyatni boy beradi.

Uzoq paslar ko'rsatkichi esa "Liverpul" nishonida bo'lgan Yan Oblakdan (31 foiz) anchagina yaxshi. Garchi Oblakning zarbalarni qaytarish ko'rsatkichi brazildan yaxshiroq bo'lsa-da, Alisson "Liverpul"ga ko'proq mos tushadi. Alissonning uzoq masofaga bergan uzatishlarining 66.3 foizi "egasini topadi" va bu yo'nalishda Premier-liganing darvozabonlari u bilan bellasha olmaydi. Misol uchun, "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeada bu ko'rsatkich 40.5 foizga teng.

"Liverpul"ning qarshu hujumga tez o'tib ketishini hisobga olsak, Alissonning uzoq passlari jamoaga qo'l kelishi aniq.

Narxiga arziydimi?
*


Agar Neymarning "PSJ"ga o'tishidan avval biror jamoa 75 million yevroga darvozabon harid qilsa, bu juda ham kutilmagan holat tarzida qabul qilinar edi. Ammo hozirgi transfer bozori haqida o'zingiz yaxshi bilasiz...

Hozirgacha ko'pchilik o'rtasida Alissonga to'langan pul borasida muhokamalar ketmoqda. To'g'rida, deyarli 1 yil avval "Roma" zahirasida o'tirgan darvozabon uchun shuncha pul to'lash g'alati tuyulishi mumkin. Lekin, Klopp aytganidek "Liverpul" bu summani Alissonni chiroyli ko'rishi uchun to'lamadi, klub dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan birini qo'lga kiritdi.
*

Virjil van Deyk bilan bo'lgan voqealarni hisobga olsak, Klopp Alissonni jamoaga bekorga olib kelmadi. Yurgen har doim ham katta xarid qilavermaydi, ammo u shunday qildimi, demak muhlislar ko'nglida hech qanday shubha bo'lishiga o'rin yo'q. Alisson endigina 25 yoshda ekanligini hisobga olsak, u kamida 10 yil yuqori saviyasini saqlab qola oladi.

"Liverpul" himoyasi van Deyk, tayanch zonasi Keyta va Fabinyo hamda darvozasi Alisson tomonidan muhofaza qilinishini hisobga olsak, jamoa endi rostmana har qanday kubok uchun kurasha oladi.
*


Gitara chalishni hobbi qilgan darvozabon
*

Har bir odamni o'z hobbilari bo'lgani kabi, Alissonni ham o'zi yoqtirgan mashg'ulotlari bor. Bugungi qahramonimiz bo'sh vaqtida gitara bilan shug'ullanishni hush ko'radi.

Alissonni shaxsiy hayoti haqida gapiradigan bo'lsak, u oilali. Rafiqasi Nataliya Bekker hisoblanib, ularning Helena nomli qizalog'i bor. Alissonning "Liverpul" ko'chib o'tishida uning rafiqasining ham hissasi borligini ta'kidlab o'tamiz.

*


Endilikda, Jahon chempionati chorak finalida qatnashgan Alisson yana 1 hafta dam oladi. U iyul oyining oxirgi kunlarida tarkibga qo'shiladi.

Kelayotgan mavsumda Alisson Bekkerga ishonchli o'yin o'tkazishini tilaymiz! Balki, "Liverpul" Pepe Reynadan so'ng yana o'zining darvozabonini topgandur... Buni yangi mavsumda bilib olamiz.
Teglar : Alisson Bekker | Maqolalar |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: NYC
Ko`rildi: 958 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 19
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 18

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog