Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Daniel Starrij "Enfild"dagi so'nggi kunlarini o'tkazmoqda?!

25 apr 2018, 15:44
Futbol jamoatchiligining fikricha, Daniel Starrij "Enfild"dagi so'nggi kunlarini o'tkazmoqda.

O'zining asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan 27 yoshli Denni ushbu mavsum yakunlangach, "Liverpul"ni tark etishi mumkin.

"Tottenhem" va "Vest Hem" jamoalari qishki transfer oynasi vaqtida xujumchini xarid qilishga urinishdi, Ammo transfer amalga oshmadi.

*


Jurnalistlar Kloppdan Starridjning kelajagi haqida so'rashganida, "qizillar" bosh murabbiyi Dennining kelajagi haqida emas, balki, mavsumning qolgan qismi uchun tuzib chiqgan rejalari haqida gapirib o'tgan.

"Bu mavsum biz uchun og'ir o'tdi, ammo hali oldimizda yana oltita o'yin bor. Starrij safga qaytdi va men bundan xursandman

Men yangi mavsumda ham hozirgi tarkibimizda to'p suramiz deb ayta olmayman. Biz yangi mavsum uchun ko'plab rejalar tuzyapmiz, albatta bilib turganingizdek transferlar borasida ham.

Jamoani kimlar tark etadi? Men hech qachon bu haqida o'ylamaganman", - deydi Klopp.

Oldinroq, "qizillar" Shotlandiyaning "Seltik" jamoasi forvardi Mussa Dembele uchun 40 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Primier-ligasi turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda va yakshanba kuni "Vest Bromvich" mehmoni bo'ladi.
Sizningcha Daniel Starridj "Liverpul"ni tark etishi kerakmi? (37)
Xa! Uning o'rniga boshqa xujumchi sotib olish kerak. 21 (57%)
Yo'q! Men bunga qarshiman, Starridjning hali bizga foydasi tegadi. 12 (32%)
Javob berishga qiynalyapman. 4 (11%)

Teglar : Daniel Starrij | |
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: ROBERTSON_26
Ko`rildi: 1579 Marta
Ovozlar ro`yxati

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 27
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 24

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog