Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Chempionlar Ligasi: yangi mavsumda qaysi jamoalar qatnashadi?

15 apr 2018, 16:05
2016/2017-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o’yinlari bo’lib o’tadigan ushbu haftada milliy chempionatlarning ham katta qismi ortda qolmoqda. Shu asnoda Chempionlar Ligasining 2017/2018-yilgi mavsumida ham ishtirok etadigan jamoalar nomlariga oydinlik kiritila boshlandi.

*



Yangi mavsumda guruh bosqichida to’g’ridan-to’g’ri 21 ta jamoa ishtirok etishi ma’lum. Agar joriy mavsumda Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g’oliblikni qo’lga kiritadigan jamoalar ushbu 21 klub orasida bo’lmasa, ular ham to’g’ridan-to’g’ri guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi.

Ayni paytda Chempionlar Ligasi chorak finali ishtirokchilaridan faqatgina «Lester» g’oliblikni qo’lga kiritsa shunday qo’shimcha o’rin taqdim etilishi mumkin, Yevropa Ligasida esa «Anderlext» va «Beshiktosh»dan boshqa barcha jamoalar – «Manchester Yunayted», «Ayaks», «Shalke 04», «Lion», «Selta» va «Genk» qo’shimcha yo’llanma uchun kurashmoqda.

Milliy chempionatlarda to’g’ridan-to’g’ri yo’llanma beradigan o’rinlarni esa quyidagi jamoalar egallab turibdi:

1. Ispaniya:
«Real», «Barselona», «Atletiko»;

2. Germaniya:
«Bavariya», «RB Leypsig», «Hoffenxaym»;

3. Angliya:
«Chelsi», «Tottenhem», «Liverpul»;

4. Italiya:
«Yuventus», «Roma»;

5. Portugaliya:
«Benfika», «Portu»;

6.Fransiya: «Monako», «PSJ»;

7.Rossiya: «Spartak»;

8.Ukraina: «Shaxtyor»;

9.Belgiya: «Anderlext»;

10.Niderlandiya: «Feyenoord»;

11.Turkiya: «Beshiktosh»;

12.Shveysariya: «Bazel».

Hozirga kelib ikkita jamoa Chempionlar Ligasi yo’llanmasini naqd qilib bo’ldi va ularning ikkalasi ham Germaniya Bundesligasi vakillari: «Bavariya» va «RB Leypsig». «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya» (Dortmund), «Napoli», «Nitsa», «Ayaks», «Sporting» singari jamoalar esa saralash bosqichiga yo’llanma beruvchi o’rinlarni egallab turibdi.

Eslatib o’tamiz, 2018/2019-yilgi mavsumdan UEFA klublar o’rtasidagi musobaqalarida yangi saralash tizimini joriy etadi. Unga ko’ra, UEFA reytingida dastlabki to’rt o’rinni egallab turgan milliy chempionatlarning to’rttadan jamoasi Chempionlar Ligasida to’g’ridan to’g’ri guruh bosqichida ishtirok etadi. Hozirda bu o’rinlarni Ispaniya, Germaniya, Angliya va Italiya egallab turibdi.
Teglar : Chempionlar Ligasi | |
Manba : Muhokama
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 1934 Marta
Kechirasiz ovoz berish uchun eng kamida saytdagi reytingingiz 5% bo`lishi kerak.
Sizning Reyting hozirda 0% Yangilikka qaytish

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 82
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 79

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog