Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Milner o'zini ayblamasligi kerak – bu futbol"

16 may 2018, 21:40
”Liverpul” klubining bosh murabbiyi Yurgen Klopp ”Sautgempton” (0:0) bilan bo'lgan durangdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

”O'ylaymanki, bugungi namoyish etgan o'yinimiz bilan g'alabaga loyiq edik. ”Sautgempton” bu yerga ochko olish maqsadida kelgan, shunday ekan himoyadagi o'yinimizdan qoniqdim.

Raqib bizning darvoza oldida hech qanday vaziyat yarata olmadi, ammo buning uchun biz etarlicha ter to'kdik. O'n kishi bo'lib himoyalangan ”Sautgempton”ga qarshi o'ynash juda qiyin bo'ldi. Biz gol kiritishimiz va ochiq o'yinga zamin yaratishimiz mumkin edi.

Biz ochko ishladik, ammo bu yaxshi natija emas. Chempionatdagi kurash hali yakunlanganicha yo'q. Biz qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Bizning qo'limizdan keladigan narsa, faqat shu. Milner foydalanilmagan penaltida o'zini ayblamasligi kerak – bu futbol. Gol kiritganda yaxshi bo'lardi, ammo bu o'yinni hal qiluvchi vaziyat emas edi”, – deydi Klopp.
Teglar : Katta Intervyular | Yurgen Klopp |
Manba : Uff.uz
Qo`shdi: Philippe
Ko`rildi: 1183 Marta
Kechirasiz ovoz berish uchun eng kamida saytdagi reytingingiz 5% bo`lishi kerak.
Sizning Reyting hozirda 0% Yangilikka qaytish

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 28
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 28

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog