Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" asosiy tarkib futbolchilari uchun qancha mablag' sarflagan?

20 noy 2017, 09:35
Assalom-u aleykum, saytimizning sodiq va faol foydalanuvchilari! Bugungi maqolamiz orqali "Liverpul" klubi ayni damdagi asosiy tarkib futbolchilari uchun qancha mablag' sarflagani va asosiy tarkibning umumiy narxi qancha ekanligini ko'rib chiqamiz. O'ylaymizki yaqin daqiqalar ichida zerikib qolmaysiz.
*

Ism sharifi:
Simon Minyole[/b]
Tug'ilgan sanasi: 1988-yilning 6-martida
Fuqarolgi: Belgiya
Bo'y uzunligi: 1,93 sm
Joylashuvi: Darvozabon
Shartnomasini amal qilish muddati: 2021-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Nike

"Liverpul" Belgiyalik darvozabonini 2013-yilning 1-iyulida "Sanderlend" jamoasidan 10,6 million yevro evaziga sotib olgan. Minyolening xozirgi kundagi transfer narxi 12 million yevro etib belgilangan.
*

Ism sharifi: Alberto Moreno
Tug'ilgan sanasi: 1992-yilning 5-iyulida
Fuqarolgi: Ispaniya
Bo'y uzunligi: 1,71 sm
Joylashuvi: Chap qanot ximoyachisi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2019-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Adidas

Mersisayd klubi chap qanot ximoyachisi Morenoni 2014-yilning 13-avgust kuni "Sevilya" jamoasidan 18 million yevro evaziga xarid qilgan. Uning ayni damdagi narxi esa 10 mln yevro!
*

Ism sharifi: Joel Matip
Tug'ilgan sanasi: 1991-yilning 8-avgustida
Fuqarolgi: Kamerun
Bo'y uzunligi: 1,95 sm
Joylashuvi: Markaziy ximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2020-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Adidas

Matip 2016-yilning 1-iyulida erkin agent sifatida "Liverpul " klubi a'zosiga aylangan. Uning ayni damdagi narxi 25 mln yevro etib belgilab qo'yilgan.
*

Ism sharifi: Deyan Lovren
Tug'ilgan sanasi: 1989-yilning 5-iyulida
Fuqarolgi: Xorvatiya
Bo'y uzunligi: 1,88 sm
Joylashuvi: Markaziy ximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2021-yilning 30-iyunigacha

So'nggi vaqtlarda juda ko'p tandiq qilinayotgan Lovren 2014-yilning 27-iyul kuni "Sautgempton" klubidan 25,3 million yevro evaziga xarid qilingan. Uning xozirgi kundagi narxi esa 17 mln yevroni tashkil qiladi.
*

Ism sharifi: Jo Gomez
Tug'ilgan sanasi: 1997-yilning 23-mayida
Fuqarolgi: Angliya
Bo'y uzunligi: 1,88 sm
Joylashuvi: Markaziy ximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2022-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Nike

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yosh Jo Gomezga katta ishonch bildirmoqda va ximoyaning o'ng qanotida aynan uni o'ynatmoqda. Ammo 20-yoshli iqtidor egasi aslida markaziy ximoyachi sanaladi. "Qizillar" Gomezni 2015-yilning 1-iyulida "Charlton" jamoasidan 4,9 million yevro evaziga sotib olgan edi. Uning ayni damdagi narxi 8 mln yevro etib belgilangan.
*

Ism sharifi: Jordan Xenderson
Tug'ilgan sanasi: 1990-yilning 17-iyunida
Fuqarolgi: Angliya
Bo'y uzunligi: 1,87 sm
Joylashuvi: Markaziy yarimximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2020-yilning 30-iyunigacha

"Liverpul" jamoasi sardori Xenderson 2011-yilning 1-iyulida 18 million yevro evaziga "Sanderlend" klubidan sotib olingan. Xendoning bugungi kundagi narxi esa 28 mln yevroni tashkil qilmoqda.
*

Ism sharifi: Emre Jan
Tug'ilgan sanasi: 1994-yilning 12-yanvarida
Fuqarolgi: Germaniya
Bo'y uzunligi: 1,84 sm
Joylashuvi: Markaziy yarimximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2018-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Nike

Qishki transfer oynasi vaqtidayoq "Liverpul"ni tark etishi mumkin bo'lgan Emre Jan 2014-yilning 1-iyulida "Bayer Leverkusen" jamoasidan Mersisayd klubi safiga 12 million yevro evaziga ko'chib o'tgan edi. Uning ayni damdagi narxi esa 22 mln yevro etib belgilangan.
*

Ism sharifi: Jorjinyo Veynaldum
Tug'ilgan sanasi: 1990-yilning 11-noyabrida
Fuqarolgi: Gollandiya
Bo'y uzunligi: 1,75 sm
Joylashuvi: Markaziy yarimximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2021-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Adidas

"Liverpul"ning bir qismiga aylanib ulgurgan Veynaldum 2016-yilning 22-iyulida "Nyukasl"dan 27,5 million yevro evaziga xarid qilingan edi. Uning xozirgi kundagi narxi esa 28 mln yevro.
*

Ism sharifi: Muhammad Salah
Tug'ilgan sanasi: 1992-yilning 15-iyunida
Fuqarolgi: Misr
Bo'y uzunligi: 1,75 sm
Joylashuvi: Qanot xujumchisi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2022-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Adidas

"Qizillar"ning xozirgi kundagi xaqiqiy yetakchisi bo'lib turgan Salah 2017-yilning 1-iyulida 42 million yevro evaziga Italiyaning "Roma" klubidan xarid qilingan. Uning ayni damdagi narxi 40 mln yevroni tashkil qilmoqda.
*

Ism sharifi: Sadio Mane
Tug'ilgan sanasi: 1992-yilning 10-aprelida
Fuqarolgi: Senegal
Bo'y uzunligi: 1,75 sm
Joylashuvi: Qanot xujumchisi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2021-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Nike

Xozirgi kundagi "Liverpul"ni Manesiz albatta tasavvur qila olmaymiz. Mersisayd klubi Sadioni 2016-yilning 1-iyulida "Sautgempton"dan 41,2 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 50 mln yevro etib belgilangan.
*

Ism sharifi: Roberto Firminyo
Tug'ilgan sanasi: 1991-yilning 2-oktabrida
Fuqarolgi: Braziliya
Bo'y uzunligi: 1,81 sm
Joylashuvi: Xujumkor yarimximoyachi
Shartnomasini amal qilish muddati: 2020-yilning 30-iyunigacha
Texnik xamkori: Adidas

Kloppning jamoasida xujumchi vazifasini o'tab berayotgan Firminyo 2015-yilning 1-iyulida "Xoffenxaym" klubidan 41 million yevro evaziga "Qizillar" safini to'ldirgan edi. Bobbining xozirgi kundagi narxi 38 mln yevroni tashkil qilmoqda.


Shunday qilib "Liverpul" xozirgi kundagi asosiy tarkib futbolchilarini sotib olish umumiy 240,5 million yevro miqdoridagi mablag'ni sarflagan ekan. Futbolchilarning ayni damdagi narxlarini xisoblab chiqganimizda esa asosiy tarkibning umumiy narxi 278 million yevroni tashkil qildi. Bu esa asosiy tarkib futbolchilarining o'rtacha narxi 25 million yevro deganidir.

Eslatib o'tamiz yuqorida keltirilgan barcha narxlar transfermarkt.com saytidan 7-noyabr kungi xolatida olingan.

Ushbu maqolani Sunnat Raupov Liverpul.Uz sayti uchun mahsus tayyorladi.
Teglar : "Liverpul" | |
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: EMRE_CAN_23
Ko`rildi: 1169 Marta
Kechirasiz ovoz berish uchun eng kamida saytdagi reytingingiz 5% bo`lishi kerak.
Sizning Reyting hozirda 0% Yangilikka qaytish

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 13
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 13

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog