Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Sadio Mane Melvudga erta qaytarildi

20 noy 2017, 15:51
Senegal terma jamoasi bilan JCh-2018 yo‘llanmasiga ega chiqqan Sadio Mane kutilganidan ertaroq Melvudga qaytadigan bo‘ldi.

Bunga uning avvalgi jarohati yengil qaytalaganligi, sabab sifatida keltirilmoqda.

Sadio Mane terma jamoa ixtiyoriga "Liverpul" shifokori bilan ketganligi haqida xabar berilgan edi. Uning Senegal va JAR (2:0) o‘rtasidagi o‘yinda qatnashishiga ruxsat berildi. Mazkur o‘yinda Mane bitta golga assistentlik qilib, o‘yinni jarohatsiz yakunlashga muvaffaq bo‘lgandi.

Ammo keyinchalik, Senegal Futbol Federatsiyasi uning eski jarohati biroz bezovta qilayotganini ma’lum qilib, muddatidan avvalroq "Liverpul" rahbariyati bilan kelishgan holda uni Melvudga qaytardi.

Hozircha, uning ahvoli jiddiy emasligi aytilmoqda. Uning 18-noyabr kuni "Sautgempton"ga qarshi ishtiroki so‘roq ostida.
Teglar : Sadio Mane | Senegal | Jarohatlar
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 784 Marta
Kechirasiz ovoz berish uchun eng kamida saytdagi reytingingiz 5% bo`lishi kerak.
Sizning Reyting hozirda 0% Yangilikka qaytish

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 12
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 12

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog