Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Nodirbek Mamatqulovdan: «Afsona yakuni»

25 noy 2018, 21:13

*



Stiven Jerrard... Men uchun bir olam quvonch baxsh etgan yagona afsona.Bu gapni bir necha bor aytganman,yana qayta aytaman-futbolga,ayniqsa,"Liverpul" ga muxlislik qilishimda uning Istambuldagi "sehrli oqshom" da amalga oshirgan "kambek" i sabab bo'lgan.Kim uchundir bu erish tuyular,men uchun esa buning qadri o'lchanmaydi.U gol kiritganda muxlislarga quvonch baxsh etardi,faqatgina u jamoasini olg'a boshlardi,faqat u bir kun kelib chempion bo'lishiga ishonardi.Bugun xoh "MY",xoh "Arsenal",xoh uni yoki "Liverpul" ni yoqtirmaydigan inson bo'lsin,uning faoliyati yakuniga yetganini ko'z yosh bilan qarshi olmoqda.Stiv futbol uchun hech nima qilmagan bo'lishi mumkin,biroq muxlislar uchun "tirik afsona" ga aylanishning uddasidan chiqdi.

Bu dunyoda hamma narsaning oxiri bor.Bir qancha taxminlar,fikrlar yangradi va Jerrard kutilmaganda yashil maydon bilan xayrlashdi.Uni xushlamaydigan insonlar bu qarordan "xursand bo'lishdi",boshqalar esa "shok" ka tushdi-futbol olami bu qarorga tayyor emasdi.

Stiv futboldagi barcha sovrinlarni yuta olmadi.Ammo bir qanchasiga loyiq edi.U "Oltin to'p" uchun nomzodlar qatorida edi.Uning aybi o'z davrida eng yaxshi yarim himoyachilar bilan bir paytda to'p surganligida,uning aybi "qora ishlar" i ko'rinmay ketganida.Pirlo,Lempard va Jerrard mana shu sovrinni olishi kerak edi.Hammasini taqdirga yo'yamiz.

Jahon chempionati yoki Yevropa birinchiligidagi muvoffaqiyatsiz ishtirok esa unga unchalik ham bog'liq emasdi.

Bir necha yil oldin u o'zining azaliy orzusiga juda yaqin kelgandi.Maydonga to'satdan qoqilib tushishini,shunchaki qismatning uning ustidan "kulgani" deb bilish mumkin.

*



Lekin klub safida 700 dan oshiq o'yin o'tkazish,har qanday holatda ham jamoa va muxlislar uchun sodiq qolish hamma "to'p ustalari" ning qo'lidan kelavermaydi.Mavzudagi fikrlar aralashib ketdi,boshidan boshlayman.


Istambuldagi oqshomni eslaymiz.Butun futbol olami o'sha o'yinning ikkinchi bo'limida "Milan" ning "qizillar" ni yanada yanchib tashlashini kutgandi,biroq Jerrard sardor sifatida jamoasini shunday boshlab tushdiki,o'sha tundagi baxsni tomosha qilganlar,go'yoki tush ko'rayotganday bo'lishdi.Gollarning kiritilishida juda katta mehnat qildi,penalti ishladi,nimani qila olsa,o'shani bajardi.Yakunda esa kubokni boshi uzra ko'tardi.

*



Stiv o'sha yili "Oltin to'p" ni hammadan ko'proq qo'lga kiritishga loyiq edi.Ammo undan ham "daho" Ronaldinyo Stivdan kuchliroq kuchdi.Jerrard "Eng yaxshi" bo'lish uchun qancha yaqin kelgan bo'lsa,shuncha uzoqldi.

Stiven hech qachon qandaydir "buyuk gol" sohibi bo'lmagan,lekin mamlakat va klub tarixiga kirib bo'lgan.

2006 yilgi JCH penaltilar seriyasidan gol kirita olmagan,"Chelsi" bilan baxsda toyinib ketgan,"MY" bilan so'nggi o'yinda ikki daqiqa maydonda harakatlanib,qizil kartochka olgan,ochiq qilib aytganda mamlakat futboli uchun "hech narsa" qilmagan bo'lishi mumkin,ammo bu Stiven Jerrard ismli buyuk futbolchi nomiga dog' tushira olmaydi.

Biz vaqti kelib o'z farzandlarimizni ham "Liverpul" ga muxlislik qilishlarini xohlab,ularga klubdagi bir qancha futbolchilar haqida so'zlab beramiz.Jerrardni esa uzoq masofalardan gol kiritishi,sodiqlik timsoli va "8-raqam sohibi" ekanligi to'g'risida hikoya qilamiz.

Stiv hech qachon Messi yoki Ronaldo kabi qandaydir iqtidori bilan ajralib turmagan.Eng muhimi unda "Liverpul" va uning muxlislarini sevish tushunchasi bor edi.

"Agar men vafot etsam,meni "Enfild" da ko'ming.Men bu yerda tug'ildim va shu yerda o'laman"-bu so'zlar qachon va qaysi paytda aytilganini bilmayman.Bilganim,u har doim "qizillar" uchun borini bergan.

U bugun maydonga boshqa hech qachon butsa kiyib tushmasligini aytdi.Balki,boshqa sohada faoliyat olib borar,biroq "Liverpul" siz nafas ola olmaydi!

Stiv futboldan ketgani bilan,bizni tark etmadi.Bunday insonlar hech qachon ketishmaydi.Zidan,Bekhem,Zanetti va Giggzlar ketishmadi.Ular har doim biz bilan.Ular tarixda.
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 838 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 27
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 23

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog