Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Suarez: "Mening sardorim, do‘stim, hamkasbim barchasi uchun rahmat"

25 noy 2018, 00:22
"Barselona" futbolchisi Luis Suarez bir vaqtlar "Liverpul"da birgalikda harakat qilgan Stiven Jerrardning butsalarini mixga ilishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Mening sardorim, do‘stim, hamkasbim

Men bir tarixiy klubdan, ikkinchi tarixiy klub - "Liverpul"ga o‘tganman va u yerda Stiven Jerrard menga na‘muna bo‘lgan. U to‘p uchun ajoyib kurashar va hujumlarga ham faol qo‘shilardi. Xaqiqatdan, u noyob futbolchi.

Jerrard maydonda xaqiqiy yetakchi, yahshi do‘st edi. U doim mendan qimmatli ko‘rsatmalarini ayamagan.

Katta rahmat, Stiven. Faoliyatimning eng qiyin pallasida yordamingni ayamading. Har qanday vaziyatda ham meni qo‘llab-quvvatlading va kerakli maslahatlar berding. Sen menga ko‘p narsalarni o‘rgatding. Ko‘plab suhbatlarimizdan so‘ng, shaxsiy vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini o‘rgatding. Menga akamdek, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatding.

Biz birgalikda buyuk klub sharafini himoya qildik. Bu xotiralar yuragimda abadiy muxrlanib qoladi

Do‘stim, sen hech qachon yolg‘iz qolmaysan!"
- deydi urugvaylik hujumchi.

*

Teglar :
Manba : isport.ua
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 962 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 31
» Foydalanuvchilar: 9
» Mexmonlar: 22

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog