Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Anri: "Jerrardning ketishi butun futbol uchun achinarli"

25 noy 2018, 00:03
Ko‘plab futbolchilar singari afsonaviy Tieri Anri ham "Liverpul" afsonasi Stivi Jining faoliyatini yakunlaganiga o‘z fikrlarini aytib, u bilan bir jamoada to‘p surishni xohlaganini ma‘lum qildi.

"Jerrard o‘zgacha inson va futbolchi edi. Uning ketishi butun futbol uchun qayg‘uli. Men uning ajoyib faoliyatini hurmat qilaman.

Turli ligalarda bir qator kuchli futbolchilar bilan to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lganman. Lekin Jerrard, shuningdek Skouls bilan birga bir jamoada o‘ynashni doim xohlaganman.

Stiven har taraflama mukammal, xoh to‘p uchun kurash, xoh to‘p uzatish bo‘lsin, barcha jabhalarda u eng zo‘ri edi. O‘z vaqtida uning mahorati va iste‘dodi Yevropada bebaho edi. Jerrard doim futboldan zavq olgan",
- deydi fransiyalik sobiq futbolchi.

*

Teglar :
Manba : liverpoolecho.co.uk
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 868 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 31
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 24

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog