Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpullik Stiv" - Stiven Jerrard haqida!

23 noy 2018, 01:35
Kecha "Liverpul" afsonalaridan biri hisoblangan Stiven Jerrard faoliyatini yakunlaganini malum qildi.

SHu munosabat bilan angliyalik futbolchi haqida malumotlarni etiboringizga yana bir marotaba taqdim etishga qaror qildik.

Stiven Jorj Jerrard - 1980 yil, 30 mayda Britaniyaning Mersisayd shahrida tug'ilgan. Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi. Futboldagi asosiy faoliyatini “Liverpul”da o'tkazgan. Britaniya imperiyasining kavalerlik ordeni sohibi.
8 yoshida “Liverpul” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylangan. 1998 yilda jamoaning asosiy tarkibida debyut qilgan. 2000 yilda esa asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2003 yilda Sami Xyupyadan sardorlik bog'ichini qabul qilib olgan. “Liverpul”dagi butun boshli faoliyati davomida ikki marta Angliya kubogi, uch marta futbol ligasi kubogi, ikki marta Angliya superkubogini, bir martadan Evropa chempionlar ligasi va UEFA kubogini va ikki marta Evropa superkubogi sohibiga aylangan.

Terma jamoa safida ilk marotaba 2000 yilda maydonga tushgan. To'rtta Evropa CHempionati va uchta jahon chempionatida ishtirok etgan. 2005 yilda Stiven Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Oltin to'p” so'rovnomasida uchinchi o'rinni egallagan.

Bolaligi

Stiv 1989 yilda, yani 8 yoshligida “Liverpul” skautlari nazariga tushgan va futbol klub akademiyasida talim olishni boshlagan.
U bolaligida tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turmagan. SHuningdek, terma jamoadan ham chaqiruvlar olmagan. Hattoki, o'z vaqtida professional futbolchi bo'lish istagidan voz kechmoqchi ham bo'lgan. 14 yoshligida turli jamoalar ko'rigida bo'lgan. Ushbu jamoalar orasida MYU ham borligini takidlab o'tish lozim. “Liverpul” bilan ilk professional shartnomasini 1997 yilning 5 noyabrida imzolagan.

“Liverpul”

*



1998 yilning 29 noyabrida u ilk marotaba “qizillar” safida debyut qilgan.
2000/01 yilgi mavsumda Jerrard ilk marotaba sovrin qo'lga kiritgan. O'shanda u jamoasi bilan birgalikda Angliya kubogi hamda Liga kuboklarida zafar quchgan. UEFA kubogining finalida “Alaves”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda esa uning muhim gol evaziga “Liverpul” 5:4 hisobida g'alaba qozongan. Mavsum yakunlariga ko'ra Jerrard Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
2004 yilning yozida futbolchi “CHelsi”ga o'tib ketishga juda yaqin kelgandi. Lekin, uzoq davom etgan muzokara, gap-so'zlardan so'ng futbolchi “qizillar” safida qolishga qaror qildi. Uning ushbu qarorida uning Liverpuldagi do'stlari, oila azolari va shuningdek jamoa boshqaruvini qo'lga olgan Rafael Benitesning o'rinlari katta bo'ldi.
Jerrardning faoliyati haqida gap ketganida 2005 yilgi Istambul finali haqida gapirib ketmasak bo'lmaydi. O'shanda “Liverpul” CHempionlar Ligasi finalida “Milan”ga to'qnash kelgandi. Birinchi bo'limni “qizillar” 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunladilar. Lekin, ikkinchi bo'limda Jerrardning kiritgan golidan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. Bir necha daqiqadan so'ng SHmicer hisobni 2:3 ga etkazadi. Biroz o'tib esa, “Milan” jarima maydoni ichida Jerrardga nisbatan qo'pollik ishlatiladi va Xabi Alonso penaltini golga aylantirib o'rtadagi muvozanatni tiklaydi – 3:3.
O'yindan so'ng bo'lib o'tgan penaltilar seriyasida “Liverpul” g'alaba qozonadi va tarixiy g'alabani qo'lga kiritadi.

*



2009 yilning 22 martida Jerrard “Aston Villa”ga qarshi o'yinda faoliyatidagi ilk xet-trikni amalga oshiradi. 19 oktyabr kuni esa Jerrard APLdagi 100-golini raqiblar darvozasiga kiritgan.
2013/14 yilgi mavsumda “Liverpul” chempionlik uchun jiddiy kurash olib borgandi. Ammo, 36-turda “CHelsi”ga qarshi o'yinda aynan qahramonimiz yo'q joyda yiqilib tushib, xatoga yo'l qo'yadi va shundan so'ng raqib futbolchisi Demba Ba gol kiritib, “CHelsi”ning g'alabasini taminlaydi. Aynan o'sha mag'lubiyat sababli “Liverpul” chempionlikdan quruq qolgan va chempion “Manchester Siti”dan 2 ochkoga ortda qolib ketadi.

2015 yilning 2 yanvarida u “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirmasligini va Angliyadan tashqarida ham futbol o'ynab ko'rish istagi borligini malum qildi. O'sha yilning 24 may kuni u “Liverpul” safidagi so'nggi o'yinida maydonga tushadi. O'sha o'yinda “qizillar” safarda “Stok Siti”ga 6:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Jerrard esa jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.

*



Davomi bor...
Teglar :
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 834 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 71
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 70

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog