Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpullik Stiv" - Stiven Jerrard haqida! Davomi...

23 noy 2018, 01:41
“Los-Anjeles Gelaksi”

2015 yilning iyulida u MLSning “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasi safiga borib qo'shiladi. 12 iyul kuni yangi jamoasi safida ilk o'yinda maydonga tushadi. 18 iyul kuni esa klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritadi.

*



2016 yilning noyabrida esa "LA Gelaksi" Stiven Jerrard bilan xayrlashayotganligi haqida rasman elon qildi. Klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor edi. Biroq, 36 yoshli Stiv MLSdagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi. U "Los-Anjeles Gelaksi" safida umumiy hisobda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan. SHuningdek, 14 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Terma jamoa

Stiven Jerrard Angliya terma jamoasi safida ilk marotaba 2000 yilning 31 may kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilgan. O'sha yili terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etgan. Biroq, o'sha turnir inglizlar uchun omadsiz kechgan.

2002 yili bo'lib o'tgan Mundialni esa u jarohati sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Evro-2004 o'yinlarida esa terma jamoasi bilan chorak finalgacha etib borgan. O'shanda Angliya chempionat mezboni Portugaliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida esa yana Portugaliya terma jamoasi Angliyani turnirdan chiqarib yuboradi. O'shanda jamoa penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi.

2010 yilgi JCHda esa u Mundialdagi ilk golini AQSH darvozasiga kiritgan. Guruhdan muammosiz chiqqan Angliya bu safar Germaniya terma jamoasiga yutqazib qo'yadi va yana turnirni erta yakunlashga majbur bo'ladi.

*



Evro-2012ga terma jamoani sardor sifatida boshlab tushgan futbolchi turnir davomida ikkita aniq golli pas berishga muvaffaq bo'ladi. CHorak finalda esa bo'lajak finalchi – Italiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyat boy beriladi.

2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham Stiven jamoasini sardori bo'ladi. Angliyaliklar uchun juda omadsiz o'tgan o'sha JCHda jamoa bitta o'yinda ham g'alaba qozona olmagan va guruhda so'nggi o'rinni egallab ortga qaytishga majbur bo'lgan.

2014 yilning 21 iyulida Stiven Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini elon qildi. U "uch sherlar" tarkibida 114 ta o'yin o'tkazib, 21 marotaba raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan.

Faoliyatini yakunlanishi
2016 yilning 24 noyabr kuni Jerrard futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida rasman elon qildi.

"Faoliyatim ajoyib o'tdi. Buning uchun "Liverpul", "Los-Anjeles Gelaksi" va Angliya terma jamoalariga katta rahmat.

O'zimni juda baxtli his qilmoqdaman. Axir, juda ajoyib onlarni o'tkazdim. "Liverpul" libosida 700 ta o'yinda maydonga tushganimdan xursandman. Ushbu o'yinlarning aksariyatida jamoa sardori sifatida ishtirok etganman. Buyuk futbolchilar bilan birga futbol o'ynash nasib qildi. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimga, shuningdek, oilamga rahmat", -deydi Stiven Jerrard.

Erishgan yutuqlari:

Angliya Kubogi sohibi: 2000/01, 2005/06

Liga Kubogi sohibi: 2000/01, 2002/03, 2011/12

Angliya Superkubogi sohibi: 2001, 2006

CHempionlar Ligasi g'olibi: 2004/05

UEFA Kubogi sohibi: 2000/01

Evropa Superkubogi sohibi: 2001, 2005


Vikipediya malumotlari asosida
Aziz To'xtamurodov tayyorladi

*


Teglar :
Manba : championat.asia
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 672 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 71
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 70

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog