Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Millionlar o‘yini" endi Stiven Jerrardsiz

23 noy 2018, 02:28
Jerrard futbolni tark etdi. Ko‘pchilik tezda maqola yozishga tushib ketgan bo‘lsa ajab emas. Ammo, men bunga jur‘at eta olmayapman. Nega deysizmi? Chunki, hayronman! U siz futbol qanday davom etarkin? To‘g‘ri futbol to‘xtab qolmaydi. Lekin, endi u Jerrardsiz...

Bolaligimda, (taxminan 5 yoki 6 yosh edim, lekin aniq maktabga bormas edim) "saqich"lardan futbolchilar rasmi tushirilgan yopishtirgichlar chiqar edi. Ular ichida Zidan, Ballak, Raul, Bekxem, Figu, Van Nistelrooy kabi buyuk futbolchilar qatorida Angliya termasining libosi tushirilgan 4-raqamli futbolchi ham ba‘zan ko‘rinish berib turar edi.

*


Kunlardan bir kuni "oynai jahon" orqali futbol ko‘rdim. Hali uning qanday o‘ynalishiga sira aqlim yetmas edi. Lekin o‘shanda qizil va sariq rangli jamoalar maydonda harakat qilayotgan edi. Keyin sharhlovchi "pul", "pul" deya nimalarnidir aytdi. Yosh bola ekanman, "pul" so‘zi negadir quloqqa jarangli eshitilar ekan. Keyinchalik bilsam, bu "Liverpul" ekan. O‘sha o‘yinni katta qiziqish bilan kuzatardim. Bir vaqt qarasam, meni qo‘limda turgan yopishtirgichdagi 4-raqamli yigit maydonda harakat qilmoqda. Biroq u endi 8-raqamda va qizil rangli formada. O‘yinga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi. Ammo, afsus shu paytda tengqur do‘stlarim meni ko‘chaga chaqirishdi va futbol nima bo‘lganini ochig‘i eslay olmayman. Biroq "Liverpul" va 8-raqamli futbolchi meni "millionlar o‘yini" olamiga olib kirdi.

Oradan taxminan bir yil o‘tdi, endi futbolni oz-moz yahshi tushunib qolgan edim.

Esimda, kech tushib uyqim kelganiga qaramay, dadamning, bugun sen yoqtirgan jamoa - "Liverpul" finalda "Milan" bilan o‘ynaydi deganlari sabab, uyquni yengib o‘tishga majbur bo‘ldim va bundan hech qachon afsus chekmayman.

Nihoyat men kutgan o‘yin boshlandi. Unda Stiven Jerrard (oradan yil o‘tdi, shu bois 8-raqamli futbolchining ismini bilib olgan edim) ham harakat qilmoqda edi. O‘yin boshidan oq kiyimda harakat qilayotgan jamoa ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Dastlab, Maldini, keyin esa Krespo 2 ta gol urib o‘yindagi xisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Ammo, ikkinchi bo‘lim umuman o‘zgacha ruhda boshlandi. Yon Arne Riise tomonidan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan aynan Stiven Jerrard darvozaga joylab o‘yinga bo‘lgan "intriga"ni uyg‘otdi. Oradan ma‘lum vaqt o‘tgach Shmitser ajoyib zarba bilan xisobni yana bittaga qisqartirdi. Bellashuv yakunlanishiga chamasi 30 daqiqacha vaqt qolganida 8-qaramli Jerrard, 8-raqamli Gattuso tomonidan yiqitildi. Penaltini Alonso tepdi va zarbani Dida bartaraf etdi. Qaytgan to‘pga esa Alonsoning o‘zi birinchi bo‘lib yetib kelib, gol urdi. Keyingi voqealar rivoji esa bir umr tarix zarvaraqlariga muxrlanib qoldi.

*


Yuqoridagilar, shunchaki mening futbolga bo‘lgan qiziqishim qanday sodir bo‘lgani va kim orqali yuzaga kelganini anglatadi. O‘ylashimcha, shu shaxs tufayli futbolga kirib kelgan yagona muhlis faqatgina kamina emas. Endi esa, futbolga qiziqishimga sababchi bo‘lgan inson uni tark etdi. Lekin, bir gap hech qachon yoddan ko‘tarilmasligi kerak, "afsonalar nomi, doimo tillarda doston".

"Liverpul" sen uchun, sen "Liverpul" uchun yaralgansan Jerrard! Barchasi uchun rahmat.

*

Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1058 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 68
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 67

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog