Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp: "Natija kutilganidek bo‘lmadi, biroq o‘yinimiz sifati menga yoqdi"

19 noy 2018, 18:54
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Sautgmepton"ga (0:0) qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Futbolda ikki narsa juda muhim - natija va o‘yin sifati. Albatta, natija kutilganidek bo‘lmadi, biroq o‘yinimiz sifati menga yoqdi.

Fillipening sog‘ligida kichik muammolar bor edi, balki, bugun shu narsa sezilgandir. Agar uni 100 foiz tayyor emasligini bilganimizda, biz tavakkal qilmas edik.

Bunday vaziyatlarda men 3 narsani hisobga olaman. Shifokorlar fikri, tibbiy natijalar va nihoyat, futbolchining fikri.

Birinchi bo‘limda oson bo‘lmadi, ikkinchi bo‘lim esa ancha yahshi o‘tdi. Menimcha, noqulay raqibga qarshi yahshi o‘yin o‘tkazdik. "Sautgempton" o‘yin tashkil qilish bo‘yicha APLning eng kuchli jamoalaridan biri. O‘ylashimcha, ular bizga qarshi o‘zgacha tayyorlanishgan.

Bizda natijani o‘zgartirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. Aynan ikkinchi bo‘limda, jamoa yahshi reaksiya ko‘rsatdi. Lekin birinchi bo‘lim juda qiyin kechdi.

O‘yin sifati meni to‘la qoniqtirdi. Ha, biz gol urishimiz mumkin edi, hatto ko‘proq urishimiz mumkin edi. Lekin bu futbol!

Biz bugun g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo faqatgina chiroyli o‘yin bunga yetarli bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da safarda to‘p o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman",
- deydi nemis mutaxassisi.
Teglar :
Manba : skysports.com
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 949 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 87
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 84

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog