Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" - "Bornmut". Prevyu

21 apr 2018, 16:31
*


Jamoalarga oid yangiliklar

* "Liverpul" hujumchisi Sadio Mane tizzasidan olgan jiddiy jarohati bois, mazkur o'yinni o'tkazib yuboradi. Yana bir hujumchi Daniel Starrij jarohatidan forig' bo'lib, mashg'ulotlarga qaytgan.

* Mehmonlar safida ham yo'qotishlar bor. Klubning asosiy yarim himoyachisi Endryu Surman ham, xuddi Mane kabi tizzasidan olgan jarohat sabab mazkur baxsda qatnasha olmasa, Tayron Mings diskvalifikatsiya sabab uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

*


Murabbiylar fikri

Yurgen Klopp:
"Biz uchun Sadio Manening jarohat olganligi ulkan yo'qotish. Garchi u jarohat olgan bo'lsada, biz usiz ham g'alaba qozonishimiz shart. Agar biz himoyada xato qilmasak va vaziyatlardan unumli foydalana olsak, "Bornmut"ni mag'lub eta olamiz. Biz jarohat olgan futbolchilarni ro'kach qilishni istamaymiz, shu sababdan faqat g'alaba uchun o'ynaymiz".

Eddi Xau: "Liverpul" biz uchun juda qiyin raqib. Biz ushbu jamoani va ularning murabbiyini xurmat qilamiz. Dastlabki o'yinni esdan chiqaramiz, bu o'yin umuman o'zgacha. Biz faqat uch ochko uchun o'ynaymiz. Oldinda bizni "Liverpul", "Chelsi" va "Tottenxem"ga qarshi jiddiy o'yinlar kutib turibdi, lekin maydonga ulardan hayiqmasdan tushamiz. Futbolda hamma narsa biz o'ylaganchalik bo'lmaydi".

*


O'yinga oid faktlar

* Dekabr oyida "Bornmut"ning "Liverpul" ustidan irodali tarzda g'alaba qozongan baxsi, "olchalar"ning "qizillar" ustidan so'nggi 10 o'yindan buyon qo'lga kiritgan ilk yutug'idir.

* Ular "Enfild"dagi so'nggi 4 o'yinning barchasida mag'lub bo'lishgan.

"Liverpul"

* "Liverpul"ning ushbu mavsumdagi 6 mag'lubiyati, chempionat turnir jadvalida so'nggi pog'onalarni egallab turgan jamoalar bilan baxslarda qayd etilgan.

* "Qizillar" Premer-Liga doirasida o'z maydonida o'tkazilgan so'nggi 23 o'yinning faqat bittasida mag'lub bo'lishgan - u ham bo'lsa yanvar oyida "Suonsi" (2:3) ga qarshi bellashuvga to'g'ri kelgan (15 g'alaba, 7 durang).

* "Liverpul" Premer - Liga doirasida chorshanba kuni o'tkazilgan 34 o'yinning faqat bittasida mag'lub bo'lgan - ("Vulverxempton", 2010-yil) (23 g'alaba, 10 durang).

"Bornmut"

* "Olchalar" uch o'yindan buyon o'z darvozalaridan to'p o'tkazishmayabdi.

* Klub to'rt o'yindan buyon mag'lubiyatga uchramayabdi (2 g'alaba, 2 durang).

* Jamoa ushbu mavsum eng ko'p penalti tepayotgan jamoa bo'lib turibdi - 10 ta penaltidan, 7 tasi darvoza to'ridan joy olgan.

* "Bornmut" ushbu mavsum eng ko'p darvoza ustuni va to'sinlarini nishonga olgan jamoa bo'lib turibdi - 16 ta.

* Klub 2017-yil hisobidan mehmonda g'alaba qozona olmayabdi (2 durang, 3 mag'lubiyat).

SAM taxmini:

Taxminiy hisob - 2:1. Mezbonlar g'alabasi - 76%. Durang bo'lish ehtimoli - 14%. Mehmonlar g'alabasi - 10%.

SAM - bu Selford universiteti professorlari tomonidan yaratilgan super-kompyuter bo'lib, futbol uchrashuvlarining natijasini taxmin qiladi.

Teglar : Matchday | Prevyular |
Manba : BBC
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 356 Marta
Fikrlar (Umumiy: 2 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 51
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 51

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog