Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Stok Siti" - "Liverpul". Prevyu

15 apr 2018, 01:17
*


Jamoalarga oid yangiliklar

* Mezbonlar safida jarohat olgan Jonatan Uolters hamda Sherdan Shakiri mazkur o'yinga tayyor holatda bo'lishsa, Mark Muniesa va Mame Diuf jarohati bois uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

* "Liverpul"da safida yo'qotishlar birmuncha yirikroq. Jordan Henderson, Adam Lallana va Sadio Manening uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq bo'lsa, Filippe Koutinyoning o'yinda qatnashishi so'roq ostidaligicha qolmoqda.

*


Murabbiylar fikri:

Mark Hyuz:
"Raqiblarimizning kuchini inobatga olganda, o'tgan o'yinlat biz uchun og'ir o'tdi. Faqatgina "Lester"ga qarshi bellashuvda shogirdlarimning harakatlaridan ko'nglim to'lmadi. O'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz bot va bunga erishishimizga ishonamiz".

Yurgen Klopp: "Yuqori darajadagi futbolchilarimizning jarohat olishi, bizga og'ir zarba bo'ldi. Lekin, men shogirdlarimning kuchiga aslo shubha qilmayman. Biz endi o'rtamiyonalar bilan o'ynaymiz va ochkolarimizni 65 taga yetkazib olsak, keyingi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynash huquqiga ega bo'lamiz".

*


O'yinga oid faktlar

* "Liverpul" Premer-Liga doirasida "Stok Siti"ga qarshi so'nggi 7 o'yinning 6 tasida g'alaba qozongan. Yagona mag'lubiyat 2014/2015 yilg mavsumning so'nggi o'yiniga to'g'ri kelgan - 6:1.

* "Qizillar" "Stok Siti" maydonidan so'nggi 4 o'yinning 3 tasida ortga g'alaba bilan qaytgan.

"Stok Siti"

* "Stok" uch o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayabdi. Klub o'tgan yili o'rnatgan o'zining anti-rekordining takrorlashga tayyyor turibdi (aprel-may).

* Jamoa chempionatning so'nggi 8 o'yinida faqat 5 tasida gol kirita olmagan.

* "Stok Siti" ushbu mavsum TOP-6 jamoalariga kiruvchi klublar bilan o'yinda biror marotaba g'alaba qozona olmagan (3 durang, 7 mag'lubiyat).

* Jon Uolters ayni damda Premer-Liga baxslari doirasida "Liverpul" darvozasiga 5 ta to'p kiritib, rekordchi bo'lib turibdi.

"Liverpul"

* "Qizillar" mehmondagi baxslarning birortasida g'alaba qozonish bxtiga muyassar bo'lmagan. Jamoa 15 ochko jamg'arish imkoniyatidan faqat 3 ochkoni qo'lga kiitgan. Jamoa so'nggi bor 19-dekabr kuni mehmonda, "Gudison Park"dan 3 ochko bilan qaytgan.

* "Liverpul" Premer-Liga doirasidagi baxslarning 6 tasida o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan.

* Filippe Koutinyo 1 ta gol kiritsa, Premer-Liga to'purari degan.

SAM taxmini:

Taxminiy hisob: 1-1. Mezbonlar g'alabasi-24 %. Durang bo'lish ehtimoli: 26 % . Mehmonlar g'alabasi - 50 %.

SAM bu - Selford universitetlari professorlari tomonidan yaratilgan super-kompyuter bo'lib, futbol uchrashuvlarining natijasini taxmin qiladi.

Teglar : Matchday | Prevyular |
Manba : BBC
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 676 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 89
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 88

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog