Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Adam Lallana haqida qiziqarli bo'lgan 20 fakt

15 apr 2018, 20:17
Bugungi maqolamiz orqali Angliya terma jamoasi va "Liverpul" klubining mahoratli futbolchisi Adam Lallanaga tegishli bo'lgan qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz.

- Adam 1988-yili Londonning shimolidan 30 km uzoqlikda joylashgan Sent Albans nomli kichik shaharda tavallud topgan, ushbu uncha katta bo'lmagan shahar Xertfordshir grafligida joylashgan.

- U 5 yoshga to'lganida esa oilasi bilan ornmut shahriga ko'chib o'tadi, va aynan mana shu shaharda futbolning sir asrorlarini o'zlashtira boshlaydi.

- Adam yoshligida otasi bilan birgalikda "Everton" klubiga muhlislik qilgan ekan.
Lallana bu haqida:"Men esimni taniganimda otam "Everton" jamoasiga muhlislik qilar edi. O'sha vaqtlarda jamoa Garri Liniker boshchiligida yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan edi. Aynan mana shu sabab men ham ushbu jamoaning muhlisiga aylanganman!" - deydi.

*


- Adam Lallana 12 yoshga to'lganida "Sauntgempton" jamoasining skautlari nazariga tushadi va jamoaning akademiyasiga taklif qilinadi. Ushbu akademiyada o'sha vaqtda Adam bilan birgalikda Garet Beyl ("Real Madrid"), Aleks Oksleyd Chemberlen ("Arsenal") va Teo Uolkott ("Arsenal") kabi futbolchilar shug'ullanishar edi.

- "Sauntgempton" Lallanani o'z safiga qo'shib olish uchun "Bornmut" jamoasiga 3,000 funt sterling miqdoridagi summani o'tkazib beradi. "Sauntgempton" Adam uchun "Bornmut" klubi hisob raqamiga jami 18,000 ming funt sterlingni o'tkazib berishgan ekan.

- Lallana o'smirlik chog'ida yuragidagi kasallik sababli operatsiya qilingan ekan.

*


- "Sauntgempton" klubi akademiyasida oldinga qarab o'sishga erisha boshlagan edi. Adam asosiy jamoa safida 2006-yiling 23-avgust sanasida Angliya kubogi doirasidagi "Yovil taun" (5:2) jamoasiga qarshi o'yinda debyut o'yinini o'tkazadi. "Sauntgempton" safidagi debyut golini esa ikki yildan so'ng "Vest Bromvich" darvozasiga kiritadi. O'sha damlarda "Sauntgempton" Primyer ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan edi.

- 2010-yilda Adam "Sauntgempton" tarkibida Metta Le Tisye (1994/95-yilgi mavsum)dan so'ng bir mavsumda 20 marotaba gol kiritgan dastlabki futbolchiga aylanadi.

- Yarimximoyachi 2011/12 -yilgi mavsumda Chempionshipda 11 ta gol kiritiadi va "Sauntgempton"ning Primyer ligaga chiqishida katta xissa qo'shadi.

*


- Lallana o'zining Primyer ligadagi debyutini 2012-yilning 19-avgust sanasida "Manchester siti" jamoasiga qarshi o'tkazadi va o'z hisobiga bitta golli pas yozdirib qo'yishga erishadi.

- 2014-yilning yozida esa Adam Primyer liganing TOP darjadagi jamoalarining biriga o'tishi xaqida mish mishlar "bolalay" boshlaydi. Keyinchalik u Brenden Rodjers boshqaruvidagi "Liverpul" jamoasi safiga borib qo'shiladi va "Sauntgempton" jamoasidagi kabi 20-raqamni tanlaydi.

- 2014/15-mavsum boshidagi jarohati sababli mavsumoldi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Lallana "Qizillar" safida "Enfild Roud"da bo'lib o'tgan Pol Lambert boshchiligidagi "Aston Villa" jamoasiga qarshi bahsda debyut o'yinini o'tkazadi. Afsuski o'sha bahsda "Liverpul" 0-1 hisobida mag'lub bo'ladi. O'inda Lallana 61 daqiqa maydonda harakat qiladi, va uning o'rniga Rahim Sterling maydonga tushiriladi.

*


- Lallana "Liverpul" safidagi ilk golini esa "Enfild"da bo'lib o'tgan "Vest Bromvich" jamoasiga qarshi o'yinda kiritishga muvaffaq bo'ladi. O'sha matchdagi Adamning ajoyib goli evaziga "Liverpul" 2-1 hisobida zafar quchadi.

- Lallana Angliya terma jamoasiga ilk bor 2012-yilning 10-sentabr kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi jahon chempionati saralash o'yini uchun chaqiruv oladi.
Ammo o'sha o'yinda ishtirok etmaydi.

- Adam Angliya terma jamoasidagi ilk o'yinini Chili terma jamoasiga qarshi bahsda nishonlagan.

*


- Adam Lallana 2016-yili Angliya terma jamoasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

- Devid Moyes "Manchester Yunayed" jamoasining bosh murabbiyi bo'lgan vaqtida Lallanani o'z jamoasida ko'rishni juda hohlagan ekan. Ammo bu transfer amalga oshmagan ekan.

- Lallana allaqachon ota bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan. Uning 5 yoshli Artur ismli o'g'ilchasi bor.

*


- Adam Lallana futboldan tashqari hozirgi va sobiq jamoadoshlari Daniel Starridj va Rahim Sterling ("Manchester siti") bilan birgalikda model sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda va Esquire jurnali uchun fotosessiyada qatnashishga ham ulgurgan.

- Adamning transfer narxi transfermarkt.com saytida 22 million yevro etib belgilab qo'yilgan.


Maqolani Sunnat Raupov tayyorladi.
Teglar : Adam Lallana | Qiziqarli faktlar |
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: ROBERTSON_26
Ko`rildi: 1049 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 68
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 66

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog