Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Uotford" - "Liverpul" uchrashuvi oldidan

14 apr 2018, 23:53
Bugungi maqolamiz orqali "Uotford" - "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga taaluqli qiziqarli faktlar, raqib jamoaning o'yin uslubi, TOP-6 jamoalariga qarshi ushbu mavsumda qayd etib kelayotgan natijalari va boshqa qiziqarli jihatlarga ko'z yugurtiramiz.

*

"Uotford" - "Liverpul" o'yiniga taaluqli qiziqarli faktlar

"Liverpul" "Uotford"ga qarshi so'nggi 8 ta o'yinning 7 tasida g'alaba qozongan.
"Uotford" Primyer liganing so'nggi 3 ta uy uchrashuvida gol o'tkazib yubormagan
"Uotford" Primyer liganing so'nggi 3 ta uy uchrashuvida g'alaba erishgan
"Uotford"ning Primyer ligadagi so'nggi 6 uchrashuvidan 5 tasida darvozalarga o'rtacha 2.5 ta gol kiritilmoqda
Angliya primyer ligasining 34-turidan so'ng "Liverpul" uchinchi o'rinda, "Uotford" esa 13-o'rinni band etib turibdi.

"Uotford" - o'yinni qanday tashkil etadi?

Demak "Uotford" jamoasining o'yin uslubiga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu jamoa ko'proq chap qanotdan hujum uyishtirishadi. "Uotford" uzoq masofaga paslar oshirishni hamda jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishni yoqtiradi. Yana raqibimiz anchagina qo'pol o'yin namoyish etadi. Gap isboti bilan deganlaridek "Uotford" futbolchilari ushbu mavsumda primyer liga doirasida 34 ta o'yinda 73 ta sariq va 4 ta qizil kartochka ishlab olishgan.

"Uotford"ning nozik jihatlaridan biri bu o'z jarima maydonchasi yaqinida va ichda o'yin qoidasini ko'p buzishadi, buning natijasida raqibimiz standart vaziyatlardan ko'p gol o'tkazib yuboradi.

"Uotford" asosan 4-3-3 taktikasi ostida maydonga tushadi. Raqib jamoa safida bir qator mahoratli futbolchilar mavjud. "Uotford"ning asosiy tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak jamoaning asosiy tarkibini quyidagi futbolchilar tashkil etadi. Darvozani anchagina tajribali posbon Eurelio Gomes qo'riqlab kelmoqda. Ximoya chizig'i haqida so'z yuritsak chap qanot ximoyachisi o'rnida Deril Yanmaat, markazda Sebastyan Pryedl hamda Migel Britos juftligi bo'lsa, o'ng qanot ximoyasida esa Xose Olevas harakat qilib kelmoqda. Yarimhimoyaning markazida Etyen Kapue, Valon Bexrami va Tom Kleverlilar ishonchli to'p surib kelishmoqda. Xujum chizig'ida esa Nordin Amrabat, Troy Dini hamda Mauro Zarate (jarohat) triosi raqib himoya chizig'iga doim xaf solib turishadi.

*

Raqib jamoadagi Troy Dini ismli hujumchidan ehtiyot bo'lish lozim. Dini hozirda 10 ta gol bilan jamoasining to'purari bo'lib turibdi. Hujumchi bu bilan cheklanib qolmasdan jamoadoshlariga 4 ta gollipas ham oshirishga erishgan.

O'yinni kimlar o'tkazib yuboradi?
[orta]"Uotford"[/orta]
Roberto Pereyra - Maydonga tushmaydi!
Mauro Zarate - Maydonga tushmaydi!
Ben Uotson - Maydonga tushmaydi!
Yunes Kobul - Maydonga tushmaydi!
Kreyg Ketkart - Aniq emas!

[orta]"Liverpul"[/orta]
Denni Ings - Maydonga tushmaydi!
Ovi Ejaria - Maydonga tushmaydi!
Jordan Henderson - Maydonga tushmaydi!
Sadio Mane - Maydonga tushmaydi!
Daniel Starridj - Aniq emas!
Adam Lallana - Aniq emas!
Ragnar Klavan - Aniq emas!

"Uotford" ushbu mavsumda TOP-6 jamoalariga qarshi qanday natijalarga erishgan? va ularni qaysi jamoalarga qarshi jiddiy o'yinlar kutmoqda

*

[orta]1-davra[/orta]
20.08.2016 / "Uotford" 1:2 "Chelsi"
27.08.2016 / "Uotford" 1:3 "Arsenal"
18.09.2016 / "Uotford" 3:1 "Manchester Yunayted"
06.11.2016 / "Liverpul" 6:1 "Uotford"
15.12.2016 / "Manchester Siti" 2:0 "Uotford"
01.01.2017 / "Uotford" 1:4 "Tottenhem"

[orta]2-davra[/orta]
31.01.2017 / "Arsenal" 1:2 "Uotford"
11.02.2017 / "Manchester Yunayted" 2:0 "Uotford"
08.04.2017 / "Tottenhem" 4:0 "Uotford"
01.05.2017 / "Uotford" - "Liverpul"
15.05.2017 / "Chelsi" - "Uotford"
21.05.2017 / "Uotford" - "Manchester Siti"

1-may kuni "Uotford"ga qarshi o'yinimiz qanday hisob bilan yakuniga yetishini yuqoridagi statistikalar orqali bilib bo'lmaydi. Ammo shuni aniq ayta olamizki ertaga bizni og'ir o'yin kutib turibdi. Biz jamoamizga ishonamiz va har doim You'll Never Walk Alone deya kuylashdan charchamaymiz! Olg'a "Liverpul" !!
Teglar : Qiziqarli faktlar | Statistika | Tahlil
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: ROBERTSON_26
Ko`rildi: 979 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 75
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 69

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog