Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Daily Express: "Liverpul" Sesk Fabregasni sotib olmoqchi

18 may 2018, 15:01
Angliyaning Daily Express nashri tarqatayotgan xabarga ko'ra, "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda jamoani tark etishi yuqori bo'layotgan Lukas Leyva va Filippe Koutinyoning o'rnini to'ldirish maqsadida, "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregasni o'z jamoasiga olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda.

Futbolchiga uning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo va uning jamoasidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda, lekin Klopp bu transferning amalga oshishi uchun "Chelsi"ga transfer 25 mln funt berishni rahbariyatdan so'ragan. O'z navbatida "aristokratlar" rahbariyati "Monako"dan Teemu Bakayokoni sotib olmoqchi. Buning uchun ular Seskni qurbon qilishmoqchi va uni kamiga 30 mln funtga sotib yuborishni ko'zlamoqda.

Ma'lumot uchun, Fabregas ushbu mavsumda 10 o'yinda maydonga tushgan. 29 yoshli futbolchiga "Inter" va "Milan" jamoalaridan ham qiziqishlar bo'lmoqda.
Teglar : Sesk Fabregas | Transferlar |
Manba : Express
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 573 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 22
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 18

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog