Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Roy Kin: “MYu” va “Liverpul”ning bugungi ahvoli – sharmandalik

20 may 2018, 16:07
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Roy Kin “MYu” va “Liverpul” kabi buyuk tarixga ega jamoalarning bugungi holati haqida keskin fikrlar bildirdi.

“Men bu jamoalarning kuchli to'rtlikdagi o'rindan xursand bo'layotganlarini tushunmayman” – dedi irlandiyalik mutaxassis, – “Аxir “Real” yoki “Barselona” kabi top jamoalarning bunday natijadan xursand bo'lishlarini tasavvur qila olamizmi?

To'g'ri, YeChL o'rinlariga ega bo'lish klubga moliyaviy tomondan yaxshi shartnomalar va moliyaviy foyda keltirishi mumkinligini aytmoqdalar, ammo bunday gaplarni “Lester” kabi kichik klublar aytsa yarashadi.

Rostan ham ularga foyda keltiradi. Biz esa, shundoq ham katta imkoniyatlarga ega bo'lgan buyuk klublar haqida gaplashyapmiz, ular hamma musobaqalarda g'olib bo'lishga harakat qilishlari shart.

Boshqa natija muvaffaqiyatsizlik sanaladi. Boshqacha o'ylash esa, shunchaki sharmandalikdan boshqa narsa emas” - deydi, Roy
Teglar : Intervyular | Roy Kin |
Manba : Maydon
Qo`shdi: Philippe
Ko`rildi: 948 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 80
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 76

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog