Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jeymi Karrager: "Mourinyo taqvimdan nolimasligi kerak"

19 may 2018, 17:42
"Liverpul" sobiq futbolchisi, ayni damda Sky Sports telekanalida ekspertlik qilayotgan Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning taqvimdan noliganligi haqidagi gaplariga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Agar siz "Manchester Yunayted"dek katta jamoada ishlasangiz, qo'l ostingizda mana shunday muhim va tig'iz o'yinlarga tayyor futbolchilar jam bo'lishadi. Bitta sizning emas, Yevropaning 7-8 jamoasi aprelda 8-9 talab baxslarda maydonga tushdi.

Mourinyo apreldagi 9 o'yinga to'g'ri yondoshishi va qo'l ostidagilarni g'alabaga hamda ehtiyotkorlikka tayyorlashi lozim edi. Menda ham xuddi shunday holat bo'lgan. "Liverpul"dagi faoliyatimda turli xil darajadagi 40-50 uchrashuvga tayyorgarlik ko'rib, faqat g'alaba haqida o'ylar edim.

"Manchester Yunayted" o'tkazgan o'yinlarda qandaydir g'ayritabiiylikni ko'rmadim. Ular bu mavsum 63 o'yinda maydonga tushishlari lozim, o'tgan yili esa 59 baxsda qatnashishgandi. Demak, o'rtada katta tafovut yo'q", - deydi Karrager.
Teglar : Jeymi Karrager | Intervyular |
Manba : Daily Mail
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 777 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 60
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 58

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog