Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Andre Uizdomni sotib yubormoqchi

22 may 2018, 17:56
"Liverpul" klubi o'z tarbiyalanuvchisi Andre Uizdomni yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Ayni damda Angliya U-21 terma jamoasi sardori Avstriyaning "Red Bull Zalsburg" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda. "Qizillar" rahbariyati Andre ortga qaytarib, keyinchalik uni sotib yuborishni ko'zlamoqda. Uni ijaraga olgan "Red Bull" jamoasi "Liverpul"ga uning transfer huquqini sotib olish uchun 5 mln yevro taklif etgan. Shuningdek, Championship vakili "Derbi Kaunti" ham futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Andee Uizdom "Liverpul" akademiyasiga 2008-yili "Bredford Siti" akademiyasidan kelib qo'shilgan. Asosiy jamoadagi debyutini 2012-yilning sentabrida Yevropa Ligasi doirasida "Yang Boys"ga qarshi bellashuvida nishonlagan. U o'sha mavsum Brendan Rojers qo'l ostida 19 uchrashuvda maydonga tushgan. Bugunga qadar u "Liverpul" tarkibida maydonda ko'rinish bermadi.
Teglar : Andre Uizdom | Transferlar |
Manba : LiverpoolEcho
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 633 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 54
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 51

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog