Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Angliyaning quyi ligalarida maydondan vaqtinchalik chetlatish qoidasi sinab ko'riladi

18 may 2018, 18:20
Angliya futbol asotsatsiyasi 2017/18-yilgi mavsumda maydondan vaqtinchalik chetlatish qoidasini sinab ko'rishni rejalashtirmoqda. Ushbu yangi qoida Angliyaning quyi ligalarida yani 6- va undan pastki ligalarda sinab ko'riladi.

BBC Sport nashrining xabar berishicha yangi qoidaga ko'ra agarda futbolchiga hakam bilan tortishganligi uchun sariq kartochka ko'rsatilsa, u vaqtinchalik maydondan chetlatiladi. Chetlatilgan futbolchining jamoasi 10 daqiqani raqib jamoadan 1 kishi bo'lgan holda o'tkazadi.

Shuningdek vaqtinchalik chetlatish qoidasini yoshlar, ayollar va havaskorlar futbolida sinab ko'rishmoqchi. Hozirgacha 1000 ga yaqin klub yangi qoidaning sinov jarayonida qatnashish uchun taklif qilingan.

Angliyaning quyi ligalarida bitta sariq kartochka uchun jamoa 10 yevro jarima to'laydi. Ammo yangi qoidaning sinov jarayonida qatnashishga rozilik beradigan jamoalar bu jarimadan ozod etiladi.

*

Teglar : Angliya futbol asotsatsiyasi | |
Manba : BBC Sport
Qo`shdi: ROBERTSON_26
Ko`rildi: 501 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 103
» Foydalanuvchilar: 12
» Mexmonlar: 91

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog