Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Enfilddagi tribunalardan biriga Kenni Dalglish nomi berildi

13 may 2018, 21:57
"Liverpul" rahbariyati jamoa afsonasi Kenni Dalglishning klub oldidagi sadoqati uchun munosib ravishda taqdirladi. Klub rasmiy saytida keltirilishicha, Enfilddagi stadiondagi "Centanary Stand" tribunasi endilikda "Kenny Dalglish Stand" nomi bilan ataladi. Rasmiy marosim ushbu yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

"Jamoadagi har bir afsona munosib rag'batlantirilishi kerak. Biz "Liverpul"ning shonli tarixini tiklamoqchimiz va bu ishlar yo'lida dastlab jamoa tarixida muhim rol o'ynagan shaxslarni taqdirlashdan boshlamoqdamiz.

Kenni Dalglish ham futbolchi, ham murabbiy sifatida "Liverpul"ning bugungi kunda ajoyib jamoa bo'lishiga o'zining munosib xissasini qo'shgan. Uning qo'lga kiritgan yirik yutuqlarini Enfilddagi barcha muxlislar va jamoa futbolchilari yurakdan xis qilishlari shart. O'shandagina, ular ham xuddi Kenni singari afsona darajasiga ko'tarila oladilar", - dedi jamoa egasi Jon Genri.

Kenni Dalglish "Liverpul"dagi futbolchilik faoliyatida 1977-1990 yillar davomida 6 marta mamlakat chempionligi, 3 marta Chempionlar Kubogini qo'lga kiritgan. 1985-1991 yillarda "Liverpul"ni murabbiy sifatida boshqarib, 3 marta mamlakatda tengsiz bo'lgan. So'nggi bor "qizillar"ni 2011-2012 yilda boshqargan.
Teglar : Kenni Dalglish | Afsonalar |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 618 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 57
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 49

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog