Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Mane, Henderson va Ingslarning ahvoli qanday?

16 may 2018, 09:42
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp lazaretdagi futbolchilar, Sadio Mane, Jordan Henderson hamda Denni Ings haqida ma'lumot berdi.

"Mane jarohatidan qutilmoqda, "Sautgempton"ga qarshi o'ynashiga hech qanday imkoniyat yo'q, lekin kelayotgan haftalarda mashg'ulotlarga qaytadi. Hozircha unda hammasi yaxshi ketmoqda.

Hendo bilan vaziyat boshqacha, u haqida yangilik yo'q, kutishimiz kerak.

Ings esa og'ir jarohatdan qaytib, birinchi marta to'p bilan muomala qildi. U bu holatdan rohatlanyapti", - deydi Klopp.

Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Filippe Koutinyo umumiy mashg'ulotlarda to'liq qatnashmoqda va "Sautgempton"ga qarshi o'yinga tayyor.
Teglar : Jarohatlar | |
Manba : "Liverpul" rasmiy sayti
Qo`shdi: Bobby_Firmino
Ko`rildi: 857 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 11
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 11

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog