Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Eddi Xau: "Liverpulga qarshi o‘yin oldidan hech qanday qo‘rquv yo‘q"

14 dek 2018, 23:47
"Bornmut" klubi bosh murabbiyi Eddi Xau "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Raqibimiz "Liverpul" - ajoyib klub, lekin nega endi biz yutishimiz mumkin emas? Biz uyda o‘ynaymiz, buni yahshi his qilgan holda bu imkoniyatdan unumli foydalanmog‘imiz lozim. Bu o‘yin jamoamiz uchun katta sinov bo‘ladi.

"Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan hech qanday qo‘rquv yo‘q. To‘g‘ri, ular xaqiqatdan kuchli va meni qoyil qoldirib bo‘lgan. Boz ustiga o‘yinni tashkil etishda juda samarali harakat qilishadi, o‘ylaymanki bu o‘yin jarayoni ham "Arsenal"ga qarshi o‘yinga o‘xshash bo‘ladi. Lekin undan farqli ravishda, natija biz tomonga hal bo‘lishi kerak.

Jordan Ayb? U endi 20 yoshda va allaqachon klub uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan futbolchi. Uning salohiyati cheklangan emas, texnikasi va jismoniy holati juda yuqori. Jordan muhim o‘yinlarda g‘alaba qozonishimizga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda",
- deydi Xau.
Teglar :
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1365 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 71
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 63

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog