Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Futbol faunasi

22 dek 2018, 09:51
Aksariyat klublarga alohida laqab berilgan. Futbol dunyosida ayniqsa, hayvonot olami vakillari nomi bilan ta'riflanadigan klublar ko'p. Tabiiyki, har bir laqabning o'z tarixi ham bor.

«Derbi Kaunti» (Angliya)

*



RAMMIE- qo'y. Klub asos topgani barobarida paydo bo'lgan. Aytgancha, shahardagi harbiy politsiya bo'limi - Corps Provostga ham aynan shu laqab berilgan.

«Lester Siti» (Angliya)

*



FILBERT- tulkicha. Lestershir Angliyadagi eng yaxshi ov hududi. U ayniqsa, tulkilar makoni bilan mashhur. Shunga yarasha, tulki shahar va butun graflik timsoli hisoblanadi.

«Xaguares Chyapas» (Meksika)

*



PANTHERA ONCA -yaguar. Chyapas shtati mayya va atsteklar avlodi uchun eng qulay istiqomat manzilidir. Afsonaviy Tetskatlipoka ko'pincha ay-nan yaguar ko'rinishida tas-virlangan. Futbolchilar klub ramzidagi bu hayvon - jangari-yaguarlar kuchini bag'ishlashga ishonadilar.

«Portu» (Portugaliya)

*



DRAGO- ajdaho. Klub ramziga 1922 yili Portu shahrining eski gerbidan ko'chirilgan. Ramz hoshiyasidagi yozuv - INVICTA «Yengilmaslar» ma'nosiga ega. Drago mashhur El Kukuya «qarindoshi»dir.

«Mets» (Frantsiya)

*



GRAOULLY- ajdaho. Afsonalarga ko'ra, bu ajdaho apostol Kliment tomonidan quvg'in qilingan. Shundan buyon Mets shahrida hattoki, oddiy ilonlar ham yo'q emish.

«Sheffild Uensdey» (Angliya)

*



OWI -boyqush, yapaloqqush. Klub 1900 yili Sheffildga qa-raydigan Owlerton (boyqushlar makoni) qishlog'ida joylashgan stadion ostidagi er hududini sotib oladi. Boyqush klubning 2016 yili tanlangan yangi ramzida ham o'z o'rnini saqlab qoldi.

«Jenoa» - (Italiya)

GRIFONE -grifon. Sher tanasi va burgut boshli afsonaviy maxluq. Genuyaning qadimiy ramzi hisoblangan grifon afsonalarga ko'ra, osmon va erni birlashtirib turadi.
Futbol kengliklari

OLOV HAVO YeR


«Manchester Yunayted»

*


(Angliya) RED DEVIL -qizil iblis. Klub ramziga 1970 yili kiritilgan. Odatda iblis tasviri bechorahol ko'rinishda aks ettiriladi. Biroq «MYu» ramzidan joy olgan iblis ancha tetik.

«Liverpul» (Angliya)

*



LIVER - afsonaviy qush. Qirol Jon burguti (13-asr) va 17-asrda rassomlar tomonidan noto'g'ri chizilgan baklan (qorabuzoq qushi) chatishmasi. «Liverpul» ramziga ilk marta 1892 yili joylashtirilgan.

«Kardiff Siti» (Uels)

*


BARTLEY -qaldirg'ochga o'xshash ko'k tusli qush. Futbol klubi ramzida 1911 yili Kardiff teatrida Meterlinka pesasi - «Ko'k qush» namoyishidan so'ng paydo bo'lgan.

«Valensiya» (Ispaniya)

*


BATE -ko'rshapalak. Afsonaga ko'ra, 1238 yili Aragon qirolini u tomon otilgan nayzadan himoya qilgan. Ko'rshapalak tasviri shahar gerbida ham mavjud.


«Rubin» (Rossiya)

*


ZILANT -ajdaho. Af-sonaga asosan, Qozondagi Kabanko'l tubida xon xazinasini qo'riqlaydi.


«Xebey Chayna Forchun»

*


(Xitoy) LUN -ming yillik sariq ajdaho. TSinxuandao shahri imperatori TSin Shixuanaga bo'ysingan. Buyuk Xitoy devori aynan shu shaharda dengiz bilan tutashganini aytish joiz. Mahalliy futbol klubi esa 2010 yili tashkil etilgan.
Teglar :
Manba : Interfutbol
Qo`shdi: Philippe
Ko`rildi: 1937 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 38
» Foydalanuvchilar: 13
» Mexmonlar: 25

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog