Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Prevyu: «Bornmut» – «Liverpul»

18 dek 2018, 14:46

*



Jamoalarga oid yangiliklar

* "Bornmut" yarim himoyachisi Endryu Surman jarohatidan forig' bo'la olmaganligi sababli bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

* Artur Boruts va Charli Danielslar maydonga tushishga tayyorlar.

* "Liverpul" safida Adam Lallana mashg'ulotlarga qaytgan.Daniel Starrij hamda Filippe Koutinyo bu baxsda qatnasha olishmaydi.Roberto Firminoning uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.

*



Murabbiylar nima deydi?

Eddi Xou:
"Men uchun "Liverpul" chempionlik kurashida eng asosiy favorit.Ular o'zlari ishtirok etayotgan barcha musoboqalarda yaxshi qatnashishmoqda va bizga qiyin bo'ladi.Lekin biz ham g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Yurgen Klopp:"Bornmut" o'z uslubiga ega jamoa hisoblanadi.To'g'ri,ularda jahon darajasidagi futbolchi yo'q,biroq sifatli o'yin namoyish qila oladigan o'yinchilar yetarlicha.Menga har doim safardagi baxslar qiziq"

O'yinga oid faktlar

* "Liverpul" "Bornmut" ga qarshi kechgan 9 o'yinning birortasida mag'lubiyatga uchramagan (7 g'alaba,2 durang)

* "Qizillar" chempionat baxslarida faqatgina bir marta,shu ham bo'lsa aprel oyida "Bornmut" mehmoni bo'lgan.Bu baxsda mersisaydliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

"Bornmut"

* "Bornmut" Ligadagi so'nggi 4 o'yinning uchtasida mag'lubiyatga uchragan.Jamoa o'z maydonida o'tkazilgan so'nggi 5 o'yinning faqat bittasida taslim bo'lgan (3 g'alaba,1 durang).

* 15 oktabr kuni "Xall Siti" ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g'alabadan so'ng,"olchalar" bugunga qadar 3 ta to'p kiritishgan.

* "Bornmut" Premer-Liga doirasida kiritgan so'nggi 9 golidan 6 tasi standart vaziyatlardan urilgan.

* "Bornmut" bu mavsumda darvoza ustuni va to'sinlarini eng ko'p nishonga olgan jamoa bo'lib turibdi (10 marta).

"Liverpul"

* "Liverpul" chempionatning 11 turidan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayabdi (8 g'alaba,3 durang).Rekord esa 2015 yilning martida o'rnatilgan.O'shanda "qizillar" Rojers qo'l ostida 13 o'yinda taslim bo'lishmagan.

* Agar Yurgen Klopp jamoasi bu o'yinda ham g'alaba qozonadigan bo'lsa,2008/2009 yilgi mavsum Premer-Ligada o'rnatilgan 14 o'yinda qo'lga kiritilgan 33 ochkoni yana qayta yangilashadi.

* "Qizillar" ning ushbu mavsumda gollaridan 17 tasi standart vaziyatlar oqibatida yuzaga kelgan.Ikkinchi o'rindagi "Vest Hem" da bu ko'rsatkich 13 tani tashkil qiladi.

* Jordan Henderson Premer-Ligada eng ko'p masofani bosib o'tgan (155.1 km) va eng ko'p aniq pas uzatgan (997 ta) futbolchi bo'lib turibdi.

SAM taxmini:

Taxminiy hisob-1:2.Durang bo'lish ehtimoli-22 %.Mezbonlar g'alabasi-21 %.Mehmonlar g'alabasi-57 %.

SAM-bu Selford universiteti xodimlari tomonidan yaratilgan super-kompyuter bo'lib,futbol o'yinlarining hisoblarini taxmin qiladi.

Teglar :
Manba : BBC
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 677 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 29
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 27

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog