Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Boxing Day" – APL Top-klublariga sovg'a tayyorlab qo'ygan kunlar

14 dek 2018, 16:06
[rasm]http://www.pix123.com/footballtips//201512/Dec25/20151225103749_133.jpg[/rasm]

Ispaniya,Germaniya,Italiya chempionatlari mazza qilib "uxlashayotgan" bir vaqtda,APL da harorat 1000 gradusga qadar qiziydi.Yangi Yil bayrami atrofidagi bu baxslar jamoalarning jadvaldagi yakuniy o'rinlariga jiddiy ta'sir o'tkazadi.Dekabr oyida jamoalar Yevrokuboklardan tashqari umumiy hisobda 7 bora maydonga tushishadi.

Biz ham mana shu oy boshlanganligi munosabati bilan,turnir jadvalida 1-5 o'rinlarni egallab turgan jamoalarning "Boxing Day" tugagunga qadar bo'lib o'tadigan o'yinlari haqida mulohaza yuritamiz.

"Chelsi"

11-dekabr "Vest Bromvich" (uyda)
14-dekabr "Sanderlend" (mehmonda)
17-dekabr "Kristal Pelas" (mehmonda)
26-dekabr "Bornmut" (uyda)
31-dekabr "Stok Siti" (uyda)
4-yanvar "Tottenxem" (mehmonda)


Eng katta yo'qotishlar:Terri,Zuma


Chempionat peshqadami "Chelsi" so'nggi 8 o'yinda g'alaba qozondi.Konte palapartish himoyani "epaqay" ga keltirdi hamda hujum chizig'idagi sermahsullikni oshirdi."Chelsi" ning bu mavsumdagi eng katta ustunligi-bu yevrokuboklarda ishtirok etmasligi va tarkibda rotatsiya ishlarini amalga oshirishga vaqtning yetarligi.Dekabr oyidagi eng katta muammolar esa yetakchilarning tig'iz o'yinlar vaqtida charchashi va tarkibdagi futbolchilarning bir maromda o'ynay olmasligi bo'lishi mumkin.

Balki,Villian Pedro o'rniga maydonga tushishi mumkindir,balki Batshuayi hujum chizig'ida Kostaga yordam bera olar,ammo himoyadagi ikki yetakchi-Terri va Zumaning yo'qligi orqa frontda qolgan Ivanovich-Luiz-Kexill-Azpilikuetaning jismoniy formasiga juda ham qattiq ta'sir o'tkazadi.

"Chelsi" ning yana bir ustunlik shundaki,jamoa faqatgina "Sanderlend" mehmoni bo'ldi.Qolgan baxslari esa hamshaxarlariga qarshi kechadi.Ya'ni jamoa muxlislarida shahar ichida jamoasini qo'llab-quvvatlash "arzon" ga tushadi.Qisqa qilib aytganda,jamoaga o'yinlar davomida yo'qotiladigan har bir ochkoning qadri oxirida yetishmasligi mumkin.Agar "aristokratlar" bu oydan sog'-salomat chiqib olsalar,uyog'iga ularni to'xtatish qiyin bo'ladi.Ammo klubdagi futbolchilarning charchashi pand berib qo'ymasa bo'ldi...

"Liverpul"

11-dekabr "Vest Hem" (uyda)
14-dekabr "Midlsbro" (mehmonda)
19-dekabr "Everton" (mehmonda)
27-dekabr "Stok Siti" (uyda)
31-dekabr "Manchester Siti" (uyda)
2-yanvar "Sanderlend" (mehmonda)


Eng katta yo'qotishlar:Sakho,Ings,Koutinyo


"Liverpul" Klopp qo'l ostida tezkor va pressing futbol namoyish etadi.Klubning hujumkor futbolchilari Firmino,Mane,Lallana va Koutinyolarning harakati,jamoa g'alabalarida o'ta muhim rol o'ynamoqda.Xuddi "Chelsi" kabi "Liverpul" ning bu mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmayotganligi jamoa foydasiga ishlashi mumkin.Jamoaning eng katta muammosi so'zsiz yetakchi Koutinyoning jarohatidir.Shuningdek,Lallana va Firminoning yana qay tariqa o'z o'yinini topib ketishlari ham mavhum.

Yana bir muhim jihatlardan biri shundaki,Klopp jamoasi pressinglardan APL ning istalga jamoalariga "dars o'taydi".Buning tashvishlanarli jihati shundaki,har 2-3 kunda o'yin o'tkazadigan tarkib uchun jismoniy holatning buzilib ketishidir.Bu holatda Klopp barcha o'yinlarga kuchni teng taqsimlay olishi,eng muhimdir.O'yinlarning qanchalik og'irligini taqvim ko'rsatib turibdi.

"Manchester Siti"

6-dekabr "Seltik" (uyda)
10-dekabr "Lester" (mehmonda)
14-dekabr "Uotford" (uyda)
18-dekabr "Arsenal" (uyda)
26-dekabr "Xall Siti" (mehmonda)
31-dekabr "Liverpul" (mehmonda)
2-yanvar "Byornli" (uyda)


Eng katta yo'qotish:Kompani


"Manchester Siti" ham taktik,ham tarkib borasida boshqalar jamoalarga qaraganda salobatli ko'rinyabdi.Gvardiola xohlasa uch,xohlasa 4 nafar himoyachidan foydalanayabdi.Jamoa Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqish vazifasini uddaladi,demak "Seltik" ka qarshi baxs natijasi amalda hech narsani anglatmaydi.Jamoaning minusiga ishlaydigan tomoni shundaki,dekabrda klub chempionlik uchun kurashayotgan "Arsenal" hamda "Liverpul" bilan o'ynaydi."Chelsi" dan uchralgan mag'lubiyatni hisobga olsak,"shaxarliklar" ning bu o'yinlarda yo'qotadigan har bir ochkosi keyinchalik ularga natija uchun yetmay qolishi mumkin.

O'zidan "kichik" raqiblar bilan bo'ladigan baxslarda Gvardiola rotatsiya ishlarini amalga oshirish ehtimoli ham bor.Tabiiyki,Xosep dekabr-yanvar oylaridagi barcha o'yinlarda maksimum ochko olishga harakat qiladi,biroq "Boxing Day" futbolga sovg'a berishni xush ko'radi.Demak,"Uotford" yoki "Byornli" dan ham syurpriz kutsa bo'ladi.

"Arsenal"

6-dekabr "Bazel" (mehmonda)
10-dekabr "Stok Siti" (uyda)
13-dekabr "Everton" (mehmonda)
18-dekabr "Manchester Siti" (mehmonda)
26-dekabr "Vest Bromvich" (uyda)
1-yanvar "Kristal Pelas" (uyda)
3-yanvar "Bornmut" (mehmonda)


Eng katta yo'qotishlar:Uelbek,Mertezaker,Kasorla,Bellerin,Jiru


"Arsenal" 3-yanvarga qadar bo'ladigan o'yinlarining yarmidan ko'pini mehmonda o'tkazadi.Eng daxshatlisi esa bu o'yinlarning barchasi hal qiluvchi maqom ko'rinishida o'tadi va unda yetakchilar ishtirok eta olmaydi.Uelbek va Mertezaker jarohatlanganda "kanonirlar" nimadir qilishdi,ammo Kasorlar hamda Bellerin jarohati bu ortiqcha.Raqiblar uchun esa "qochib ketish" uchun qulay fursatdir.

Jamoaning yutuq tomoni shundaki,futbol o'xshamasa ham,natija kelmoqda.Misol uchun,"Yunayted" ga qarshi baxsni eslashning o'zi kifoya... Venger uchun "burilish nuqtasi" "Siti" bilan bo'ladigan baxsdir.

"Tottenxem"

7-dekabr "SSKA" (uyda)
11-dekabr "Manchester Yunayted" (mehmonda)
14-dekabr "Xall Siti" (uyda)
18-dekabr "Byornli" (uyda)
28-dekabr "Sautgempton" (mehmonda)
1-yanvar "Uotford" (mehmonda)
4-yanvar "Chelsi" (uyda)


Eng katta yo'qotishlar:Alderveyreld,Lamela,Devis


"Tottenxem" kecha bo'lib o'tgan "Suonsi" ga qarshi baxsni hisobga olmaganda,hujumlarni yakunlashda oqsamoqda.Yana bir omadsizlik shundaki,Pochettino Alderveyreld,Devis va Rouz jarohat olgan paytda,himoyada 3 futbolchi bilan o'ynadi.Bu esa o'ta "xunuk" tarzda kechdi.Jamoaviy harakatlarda eng muhim rol o'ynovchi kadr Lamela jarohati bois "out" da.Jarohat olganlar safga qaytishlari mumkin,lekin birdaniga ular jamoaga uch ochko olib kelishlari qiyin masala.Pochettino eng birinchi navbatda jamoa o'yinini stabil holatga keltirishi kerak,aks holda...

Biz bu tahlilimiz orqali,imkon qadar bu jamoalarning oy davomidagi o'yinlari va ularda nimalarga e'tibor qaratishlari lozimligi haqida fikr yuritdik.Yangi yilda mamlakat va jahon futboli uchun sovg'a beradigan "Boxing Day" dan har birimiz lazzat olishimiz kerak. Biz muxlislar uchun esa eng asosiysi,qishning qahratonida,qaynoq futbol orqali taftimizga iliqlik kirib kelishidir.Bu kun uchun rahmat! Sabab yilning eng so'nggi sanasida,televizorimiz orqali miriqib sevimli jamoamiz o'yinini tomosha qilamiz.Hali bu kunga ancha bor,biroq vaqt tez o'tayabdi!
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 1306 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 61
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 53

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog