Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Stiven Jerrardni eslab...

18 dek 2018, 17:48
Bundan bir necha hafta ilgari Stiven Jerrard futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.Ko'plab ishqibozlar unga u sabab "Liverpul" ga muxlislik qilganliklari uchun rahmatlar aytishdi.Qachonlardir Stiven vafot etganda,"qizillar" tomondagi Mersi daryosida uning xoki oqizib yuboriladi.

28 yil! Bu futbolda juda katta muddat.Inson ko'ziga ishonmaydigan jihatlardan biri,bu muddatning 27 yili bitta klubda o'tkazildi.U 7-yoshidanoq "Liverpul" libosini kiydi.Klub safida 710 o'yin o'tkazdi,186 golning muallifiga aylandi.Stiven klub og'ir damlarga tushib qolgan damlarda ham,jamoaning nomi va sha'ni uchun qaddini tikka tutib yurdi.U hech qachon yengilmasdi,imkon boricha jamoasiga yordam berardi.

"Liverpul" Jerrard yetakchiligidagi bir qancha sovrinlarga ega chiqdi.Bu sovrinlarning qo'lga kiritilishida Jerrardning qilgan mehnatlarini o'lchab bo'lmaydi. Biz hali hamon tushlarimizda ko'rayotgan,ko'zimizni ochganimizda ishonmaydigan,eslashga kelganda qandaydir so'zlar bilan uni ta'riflay olmaydigan Istambuldagi "ertak" ni aynan Stiven amalga oshirgan.Aynan Jerrard o'z jamoadoshlariga kerakli so'zlarni ayta oldi,aynan Jerrard birinchi taymdan keyin mag'lub bo'lmadi,aynan Jerrard g'alabaning qo'lga kiritilishida mardonavor harakat qildi.Jeymi Karrager aynan o'sha baxsni xotirlar ekan,kiyinish xonasida 15 daqiqa Jerrard gapirganligini aytadi.

*



Bu unutilmas baxsdan bir yil o'tib,Kardiffda Angliya Kubogi finalida "Liverpul" "Vest Hem" bilan to'qnash keldi.O'sha baxsda Stiven Jerrard o'z jamoasini ikki bora qutqarib qoldi.Asrning eng chiroyli 100 ta goliga kirgan,o'n yillikning TOP-10 taligidan o'rin olgan bu golni hech kim esdan chiqarmasa kerak.Kimlarnidir bu o'yinni telekran orqali tomosha qilgan bo'lishi,yana kimlardir bu gol roligini ko'rgan bo'lishi mumkin.Biroq bu golning eng muhimligi shunda ediki,Jerrard buni hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda 35-40 metrlar uzoqlikdan kiritdi.

Stiven formada bo'lganida so'zsiz jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.Torres kelganidan so'ng,Benites Jerrardni hujumchi ortiga qo'yadi.Bu esa Torresning Angliyadagi faoliyatining eng yorqin davrlari o'tishiga,Stivenning "klass" darajadagi pleymeykerga aylanishiga hamda bu ikki duetning Premer-Ligadagi eng omadli duetga aylanishiga olib keladi.Ayni damda "Real" ni boshqarib turgan Zidan Jerrard haqida shunday degandi:"Jurnalistlar Jerrardni Ronaldu va Messiga qaraganda kam tilga olishadi.Lekin menimcha aynan Stiven jahondagi eng yaxshi futbolchi.Faqatgina u aqlli pas amalga oshirishi,jamoadoshlariga golli vaziyat yaratishi va jamoani ruhlantira oladi.Eng muhimi Stiven jamoadoshlarini o'z kuchiga bo'lgan ishonchini uyg'otadi.Bunday insonlar har doim ham tug'ilavermaydi".

Stiven "Liverpul" "motori" edi.Jamoa hujum qilgan payt to'pni oldirib qo'ysa,aynan Jerrard tufayli to'p qaytarib olinardi.U har qanday pozitsiya paydo bo'lardi,hattoki darvozabon nuqtasida ham.Hujumlarning u tomonidan boshlanishini aytmasa ham bo'ladi.Jerrard sayyoramizning eng universal futbolchisi edi.Buni Kaka ham tan olgan:"Men Stiven Jerrardning muxlisiman.U o'zining hujumkorligi va himoyada ham ishonchli o'ynay olishi tufayli zamonaviy futbolning ramzidir".

*



Nafaqat Kaka va Zidan Jerrardni tan olgan,balki Ser Aleks Fergyuson,Karlo Anchelotti,Terri Anri,Daniele de Rossi,Lionel Messi,Krishtianu Ronaldu,Fernando Torres va bir qancha mashxurlar uning jasoratiga tan berishgan.

Yana bir muhim jihat shundaki,Jerrard "Manchester Yunayted" ga qarshi bellashuvlarga alohida e'tibor qaratadi.Buni quyidagi fakt ham isbotlab turibdi-Jerrard "Old Trafford" da mehmon jamoalar libosida eng ko'p gol kiritgan futbolchidir.

Vaziyatning to'g'ri baholash va qaror qabul qilish Jerrardning eng ustun tomonlari bo'lgan.Aynan u yosh futbolchilar uchun faoliyatini qurish hamda "mag'lub bo'lganlar" ga ibrat namunasi edi.

"Jerrard mening 10 yillikdagi kumirim edi.U barcha yarim himoyachilar birga o'ynashni orzu qiladigan futbolchi"-degan edi Daniele de Rossi.De Rossining bu so'zlarini Klaudio Markizio ham tasdiqladi:"Men yoshligimda uning o'yinlarini televizor orqali tomosha qilganimda,uning harakatlarini o'zimda aks ettirishga harakat qilardim.U men uchun jahondagi eng kuchli futbolchi.U Angliya timsoli.Nafaqat futbolchi,balki inson sifatida ham".

Jerrardning sha'niga har doim iliq fikrlar bildirilgan.

*



Jerrard maydonda balki uning tashqarisida ham jamoaga juda ham kerak edi.Aynan u sal qolsa Toni Kroosni "Liverpul" ga kelishiga sababchi bo'lishi ham mumkin edi."Brendan mendan Kroos bilan bog'lanib,uni klubga olib kelishimni so'radi.U bilan bog'landim,u esa menga minnatdorchilik bildirdi hamda o'z orzusi bo'lmish "Real" ga o'tishni xohlayotganini aytdi".

Agar 2013/2014 yilgi mavsumni eslaydigan bo'lsak,Luis Suares "Arsenal" ga o'tib ketishga yaqin kelgani birdan hayolimizga keladi.Bunga Stiven yo'l qo'ymaganini ko'pchiligimiz bilmaymiz.

Suarez shunday eslaydi:"Jerrard mening yonimga kelib quyidagi so'zlarni aytdi:"Sen so'nggi yillarda "Liverpul" safidagi eng yaxshi hujumchisan".Menga undan bunday so'zlarni eshitish yoqimli edi.Aynan u meni qolishga ko'ndirdi.

Afsonaviy futbolchi Franchesko Totti ham o'zining ramziy terma jamoasiga Jerrardni sardor etib tayinlaganini,uning Stivenga bo'lgan cheksiz ehtiromi deya e'tirof etish lozim.

Stivenning "Liverpul" dan ketar paytida aytgan so'nggi so'zlarini eslaymiz:"Men bir qancha baxtli onlarni o'tkazdim.Men bu klub safida 1998 yil debyut qilgandim va jamoada 18 yil davomida faoliyat olib borishim hayolimga ham kelmagandi.Men "Liverpul" libosida o'tkazgan 700 ta o'yinimdan,jamoa sardori bo'lganimdan faxrlanaman.Agar ba'zi insonlar bo'lmaganida,men bunday yo'lni bosib o'tmasdim.Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat,ayniqsa mening yonimda bo'lgan insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman".

Barchaga ayon bo'lgan jihatlar juda ko'p.Jerrard bir necha bor klubni tark etishga yaqin kelgan.Uni jahon grandlari talashishayotgan bir paytda,u qizil libosga sodiq qoldi.Aynan u butun dunyoga o'zidan shuni qoldirdi-sodiqlik!
Teglar :
Manba : sports.ru
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 804 Marta
Fikrlar (Umumiy: 7 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 61
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 53

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog