Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Uyqudagi "Liverpul"

19 okt 2017, 12:55
- Ikki soatda qanday himoyalanish haqida kitob yozib qo'lingizga tutqazishim mumkin.
- Agar o'zingga yordam qo'lini cho'zmasang senga hech kim yelkadosh bo'lmaydi. Shuning uchun tezroq gol urishni boshlashimiz kerak.
Bu Yurgen Kloppning gaplari.

*



Aftidan, uning ham joniga tekkan ko'rinadi. Ha-ha, Kloppning ham hiqildog'iga keldi. Zaif himoya, imkoniyatlarni ko'kka sovuradigan hujum chizig'i, balansni tez-tez yo'qotib qo'yadigan markaz. Bu har qanday murabbiyning hafsalasini pir qiladi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. To'g'ri, aslida barcha kaltak murabbiyning boshida sinishi kerak. Tarkibni tanlaydigan ham, mashg'ulotlarga bosh-qosh bo'ladigan ham - u. Demak, javobgarlik ham uning gardanida. Biroq bitta otning dong'i u yoqda tursin, changi chiqarmida.

*


Mutaxassis Yurgen Klopp o'z yog'iga qovirilib yurgan bir paytda "Bavariya" Karlo otaning javobini berdi. Qiziq-a? Buning nimasi qiziq dersiz? Gap shundaki, ishsiz murabbiylar ro'yxatiga tushib qolgan Karlo Anchelotti APL ishqida yonayotganini, Angliyadan taklif tushsa "labbay" deb javob qaytarishga tayyorligini aytdi. "Qizillarning" muxlislar bundan foydalanib qolishni xohlamoqda. Ya'ni muxlislarning fikricha klubning "boss"lari fursat borida Karlo ota bilan shartnoma imzolashi kerak. Shubhasiz bunday talablardan keyin Klopp alanga ichida yonadi. Nima, uch yil davom etgan ertak shunday tugaydimi? Nega muhlislarning ehtirosli murabbiyga bo'lgan ichonchi yo'qoldi?
O'tgan mavsumda "qizillar" himoyada bo'sh o'yin ko'rsatganiga qaramay, hujumdagi samaradorlik evaziga bu unchalik ko'zga tashlanmadi. Bu yildan raqib hujumiga bardosh berolmayotgan himoyaga vaziyatlarni ko'kka sovurish bilan band bo'layotgan hujum chizig'iyam qo'shildi. "Liverpul" APLning eng ko'p vaziyat yaratayotgan jamoasi, bu borada ular ko'krak kerishga haqli. Lekin vaziyatlardan foydalanishda Klopp shogirdlar hol qo'yayotgani ham bor gap. Jamoaning himoyasi ishonchni oqlmayotgan bir paytda, hujum chizig'i dard ustiga chipqonga aylanmoqda. Mourinyonini bir gapi bor: "Gol urolmaysanni, unda o'tkazib ham yuborma". Klopp shogirdlari esa har ikkalasini ham eplay olishmayabti. Uch ochko uchun g'alaba, g'alaba uchun gol kerak. Shu bilan birga darvoza daxlsizligi ham muhim masala.

*


Telefonimga "orzular ligasi" degan o'yinni yuklab olganman. O'yin sharti oddiy: eng quyi liga jamoasini eng yuqori liga chempioniga aylantirish. Ko'nglingiz tusasa transfer qilasiz, hohlagan o'yinchingizni olib, hohlaganingizni sotasiz. Xullas, murabbiy sifatida o'zingizni sinab ko'rasiz. Orzular ligasida yana bir narsa bor, onlayn tarzda bosh "xamkasblaringiz" bilan kuch sinashsangiz bo'ladi. Eng qizig'i ham shunda. Shuni aytishim kerakki himoyaviy o'yinni yomon ko'raman. Biroq hujumkor o'ynash uchun himoyangiz mustahkam bo'lishi zarur. Shunda biringiz ikkita bo'ladi.

Xuddi shunday nemis muttaxasisi ham, jamoasining biri ikki bo'lishi uchun himoyadagi muammolarni yechishning yo'lini topishi lozim. Bunga u harakat qildi ham. U yaxshi himoyachi qidirdi va topdi, ammo u himoyachi ma'lum sabablarga ko'ra "qizillar" safiga qo'shilmadi. Shuning uchun himoyada yana o'sha eski chehralar va yana o'sha xatolar ko'zga tashlanmoqda. Jamoa ochko ishlamoqda, mag'lubiyatga teng ochkolar. Bu vaqtinchalik holatligini Klopp ushbu mavsumda isbotlashga harakat qilib ko'radi deb o'ylayman. Chunki u futbolga kecha kirib kelmagan. Kloppning maydonga ko'rganlari, kechirganlari, unga qarshi to'p surgan jamoalar bularning barchasi katta tajriba. U "Liverpul"da uchinchi mavsum ishlamoqda, bu vaqt ichida muhlislarni quvontiradigan, junbushga keltiradigan matchlar juda ko'p bo'ldi. Eng muhimi bu hali davom etishiga murabbiy ishonadi. Kloppchasiga aytganda chempionlikdan umid uzilmagan. Bu yo'lda haqiqiy sinov kutmoqda. Keyingi turda "MYu"ga qarshi o'yinni nazarda tutyabman. O'sha o'yin Kloppning taqdirini hal qilishi ehtimoli yuqori. Voqealar shunday rivojlangan taqdirda "boss"ning ixtiyorida yana o'n kun bor. "Qizillarning" uyg'onishi uchun. Umid qilamanki Klopp hammasiga ulguradi. Unga o'n kun yetarli bo'ladi.
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Marco_Asensio
Ko`rildi: 908 Marta
Fikrlar (Umumiy: 20 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 40
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 35

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog