Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp bilan bog‘liq raqamlar

13 okt 2017, 23:17
Xabar berib o‘tganimizdek, bugun "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning jamoaga kelganiga roppa-rosa 2 yil bo‘ldi.

Shu munosabat bilan klub rasmiy sayti u bilan bog‘liq raqamlar va faktlar bilan to‘xtalib o‘tdi. E’tiboringizga uni taqdim etamiz.


111 - "Liverpul"ni u shu paytga qadar aynan shuncha marta maydonga boshlab tushgan. Uning dastlabki o‘yini "Tottenhem" (1:1) bilan kechgandi.

55 - "Qizillar" klubi nemis mutaxassisi qo‘l ostida shuncha o‘yinda raqiblarini mag‘lub etganlar. Dastlabki, g‘alaba "Bornmut"ga (1:0) qarshi kechgan Angliya Liga kubogida qayd etilgandi. Shu o‘yin Klopp uchun "Liverpul"dagi to‘rtinchi bahs bo‘lgandi.

33 - Yurgen Klopp kelganidan buyon "mersisaydliklar" 33 marta raqiblari bilan murosa ko‘chasini tanlagan. E’tiborlisi, bugungi qahramonimizning ilk uch bellashuvi faqat durang bilan nihoyalangan.

23 - Bu ko‘rsatkich Kloppning "Liverpul"dagi mag‘lubiyatlar soni. Bular ichida eng alamlisi, Yevropa Ligasi finalida "Sevilya"ga (1:3) qarshi uchralgan mag‘lubiyat, desak mubolag'a bo‘lmasa kerak.

*


201 - Nemis murabbiyi klubni qabul qilib olganidan beri, "Liverpul" shuncha marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.

125 - Bu tanish raqam klubning o‘tkazib yuborgan gollar soni. Eng achinarlisi, buncha gol o‘tkazish uchun 111 o‘yin yetarli bo‘ldi. Himoyadagi muammo sabab, bu boradagi ko‘rsatkichga hech qaysi jamoa va murabbiy havas qilmaydi.

37 - Mersisayd klubi shuncha o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan. Bu 2 yillik ko‘rsatkich sanaladi. Taqqoslash uchun, 2005/06-yilgi mavsumda Rafael Benites qo‘l ostida "Liverpul" 33 o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan.

49,5% - Kloppning jamoa bilan g‘alabalari foiz ko‘rsatkichida - 49,5 ni tashkil etmoqda. Brendan Rodjers - 50%, Jerar Ulye - 52,12% va Rafael Benites esa - 56,28% statistikani qayd etganlar.

1,78 - O‘rtacha bir o‘yinda ishlab topilgan ochkolar. Afsonaviy Bill Shenkli davrida bu 1,81 ni tashkil etgan bo‘lsa, "Qirol Dalglish" ilk bor klubda murabbiy sifatida ish olib borgan paytida 2,08 ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

2 - Klopp dastlabki mavsumining o‘zidayoq ikki marta "Liverpul"ni finalga olib chiqdi. Biroq jamoa ham Angliya Liga kubogida, ham Yevropa Ligasida zafar qucha olmadi. O‘tgan mavsum esa, "qizillar" hech qaysi musobaqa finaliga qadar yetib borolmadi.

0 - Rasmiy sovrinlar soni hozircha nolga teng. So‘nggi bor "Liverpul" 2011/12-yilda Angliya Liga kubogini yutgan edi. Ana shundan so‘ng, negadir klub sovrin yutishni esdan chiqazib qo‘ydi.

3 - Bu raqam Angliyaning kuchli 6 klublariga qarshi kechgan o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar soni. "Liverpul" 27 marta ular bilan to‘qnash kelgan va atigi 3 marta mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan. Dastlab, "Manchester Yunayted" 2016-yil "Enfild"da g‘alaba qozongan. Undan keyin o‘sha yilning o‘zida Liga kubogi finalida Manchesterning ikkinchi klubi "Siti" Kloppni taslim etgandi. Vanihoyat, uchinchi mag‘lubiyat joriy mavsum "Etihad" stadionida qabul qilib olindi.

4 - Ikki yil ichida to‘rt futbolchi maydondan chetlatildi. Jeyms Milner, Bred Smit, Sadio Mane va Jozeff Gomezlar aynan shu sabab Klopp jamoasida o‘yinni oxirigacha yetkaza olishmadi.

60 - Klopp maydonga tushirgan o‘yinchilar soni. Bular ichida eng ko‘p Roberto Firmino (94 marta) tarkibdan o‘rin egallagan. Undan keyingi o‘rinda Emre Jan (87) va darvozabon Simon Minyole (84) boshqalarga nisbatan germaniyalik ustoz tomonidan ishonchga ega bo‘lganlar.

194,3 - Jamoa rahbarlari bugungi kunga qadar Klopp kelganidan beri 194,3 million yevroni yangi futbolchilar transferiga sarfladi. Muhammad Salah, Sadio Mane va Aleks Oksleyd-Chemberlen Klopp amalga oshirgan eng qimmat transferlardir. Kelasi yil "Leypsig"dan Nabi Keytaning kelishi ham aniq bo‘lib ulgurgan.
Teglar : Yurgen Klopp | Faktlar | Statistika
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 700 Marta
Fikrlar (Umumiy: 10 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 31
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 26

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog