Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh fir’avnlar mamlakatini JCh—2018 ga olib chiqdi

19 okt 2017, 07:56
Misr Rossiya—2018 mundialida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar Afrika qit’asidan Nigeriya shunday baxtga sazovor bo‘lgandi.

Saralashning 5-turida Misr o‘z maydonida Kongoni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. 63-daqiqada Muhammad Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqada kongolik futbolchilar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo bu holat Salohni qahramonlikdan mosuvo qila olmadi. “Liverpul” hujumchisi 90-daqiqadagi goli bilan misrliklarni Rossiya mundiali sari yetakladi.

So‘nggi tur qanday hisob bilan yakun topsa-da, bu Misrning natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bir kun oldin “Arsenal” hujumchisi Aleks Ivobining Zambiya darvozasiga urgan goli Nigeriya joniga oro kirib, ular ham JCh—2018 chiptasiga ega chiqqandi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha.

*

Teglar : Muhammad Saloh | JCH-2018 |
Manba : Daryo.uz
Qo`shdi: Yuksal_shod
Ko`rildi: 381 Marta
Fikrlar (Umumiy: 15 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 22
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 15

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog