Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Germaniya Yevropada rekord o'rnatdi, Jan gol urdi

13 okt 2017, 11:11
Germaniya 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichida oxirgi turni Ozarboyjonga qarshi o'tkazdi va 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Nemislar jamoasi 10ta o'yinda ham g'alaba qozondi va 43 gol urdi, 4ta gol o'tkazildi.

Germaniya va "Liverpul" klubi a'zosi Emre Jan o'yinning 81 daqiqasida o'z hisobiga gol yozib qo'yishga muvofaq bo'ldi.

Shu tariqa, Germaniya terma jamoasi bitta saralash bosqichida urilgan gollar soni bo'yicha Yevropa rekordini o'rnatdi. Bundan avvalgi rekord Yevro-2000 saralashida Ispaniya terma jamoasi tomonidan o'rnatilgandi (42 gol).

Germaniya terma jamoasi JCh uchun saralash o'yinlari doirasida qatorasiga 16 uchrashuvda zafar quchgan. Bu esa nemislarning o'zi tomonidan 1969-1985 yillar oralig'ida o'rnatilgan rekordi takrorlanishidir.

*

Teglar : Germaniya | Emre Jan |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Namsiti
Ko`rildi: 262 Marta
Fikrlar (Umumiy: 3 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 26

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog