Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" bir milliard funt sterlingga baholandi

13 okt 2017, 14:18
*

Angliyaning "Liverpul" klubiga egalik qiluvchi Fenway Sports Group (FSG) kompaniyasi futbol jamoasining ehtimoliy xaridorlari uchun bir milliard funt sterling (taxminan 1,3 mlrd. dollar) miqdorida narx belgiladi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

Nashr malumotiga ko'ra, Angliya premer-ligasi doirasida "Liverpul"ning "Nyukasl" bilan safarda o'tkazgan o'yinida Buyuk Britaniyada taniqli bo'lgan ishbilarmon ayol Amanda Steyvlini ko'rishgan. O'tgan yili u klubning sotilishi bo'yicha FSG asoschilaridan biri Tom Verner hamda xitoylik tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borgandi, biroq o'shanda taklif etilgan narx jamoaning hozirgi egalarini qoniqtirmagan.

*

The Mirror’ning takidlashicha, Steyvli Angliyaning boshqa bir klubi - "Manchester Siti"ni 2008 yilda shayx Mansur ibn Zayd al-Nahayon tomonidan sotib olinishi bo'yicha kelishuvda ishtirok etgan hamda "Liverpul" yaqin sharqlik sarmoyadorlarda qiziqish tug'dirganiga ishora qilgan.

FSG "Liverpul"ga 2010 yildan beri egalik qiladi. Kompaniya jamoani amerikalik tadbirkorlar Jorj Jillett va Tom Xiksdan sotib olgan. Ular juda katta qarzlari tufayli klubni sotuvga qo'yishgandi.

Yurgen Klopp qo'l ostidagi mersisaydliklar APL turnir jadvalida etti turdan so'ng 12 ochko bilan ettinchi o'rinni egallab turishibdi.
Teglar : Liverpul | Fenway Sports Group |
Manba : Lenta.ru
Qo`shdi: Lexus
Ko`rildi: 717 Marta
Fikrlar (Umumiy: 14 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 28
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 23

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog