Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Emre Jan: "Ayni vaqtda butun e'tiborim "Liverpul"ga qaratilgan"

13 okt 2017, 21:47
Emre Jan ayni vaqtda butun e'tiborini "Liverpul"ga qaratganini, lekin kelajagi haqida aniq to'xtamga kelmagani haqida gapirib o'tdi.

23 yoshli yarim himoyachining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi so'nggi yili o'tib borayotgan bir vaqtda, yangi muzokaralarning boshi berk ko'chaga kirib qolgan.

"Yuventus" o'tgan transfer bozorida Janni harid qilishga urinib ko'rdi, lekin rad javobini oldi.

"Men uchun "Yuventus"day jamoadan taklif olish - sharaf, lekin ayni paytda butun diqqat- e'tiborim "Liverpul"da!

Nemis yarim himoyachisi bu mavsum "qizillar"ning o'nta o'yinida maydonga tushishga ulgurdi. Jan Angliyada qolgan taqdirda baxtli ekanini aytish barobarida, hozirda kelajagi borasida aniq qarorga kela olmaganini ham yashirmadi.

"Premier liga - shubxasiz dunyodagi eng zo'r va qiziqarli musobaqa, lekin siz boshqa liga va jamoalarni ham hurmat qilishingiz kerak. Xech qachon oldindan nima bo'lishini bilmaymiz va men ham Kloppning nima rejalashtirayotganidan beхabarman."
Teglar : Emre Jan | Intervyu | Yuventus
Manba : liverpool-echoo
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 500 Marta
Fikrlar (Umumiy: 15 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 30
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 25

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog