Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Neymar Koutinyoni "PSJ" da ko'rishni istamoqda

19 okt 2017, 07:32
Fransiyaning "PSJ" klubi rahbariyati "Liverpul" futbolchisi Felippe Koutinyoning vakillari bilan ehtimoliy shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlagan.

Parij klubi braziliyalik yarim himoyachini qo'lga kiritish bo'yicha o'tgan yozgi transfer vaqtida harakatlarni boshlab yuborgan edi. Endi yana bir bor bu ishni yakunlash bo'yicha urinib ko'rishmoqchi.

Uni "PSJ" safida ko'rishni ayniqsa, hamyurti Neymar hohlamoqda. "Barselona" sobiq hujumchisi kataloniyaliklar bilan AQSh turnesida bo'lgan vaqtida ham Whats app tarmog'i orqali Koutinyoni "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishga ko'ndirish uchun ko'plab habarlar yuborib turgan. Endi esa u Koutinyoni Parijga chorlamoqda deb yozadi "Sport.es"
Teglar : Felippe Koutinyo | Transferlar | PSJ
Manba : liverpool-fan.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 405 Marta
Fikrlar (Umumiy: 14 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 22
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 15

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog