Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muxlislar fikri: Nozimjon Safarov

19 okt 2017, 11:00
*


Angliya chempionati 8-turida "Enfild" maydonida "Liverpul" - "Manchester Yunayted" bilan o'zaro kurash olib boradi. Hech qachon, bu uchrashuvga oddiy o'yin deb qaralmaydi. Chunki bunga yetarlicha sabablar mavjud. Ushbu jamoalarning to'qnashuvi o'tmishda ham jiddiy kurashlarga boy bo'lgan, hozirgi kunda ham bundan mustasno emas. Kurash nafaqat maydonda, murabbiylar o'rtasida ham, xatto muxlislar bilan ham kechadi.

E'tiboringiz markaziga ushbu ikki jamoa muxlislarini 14-oktyabrda bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlarini navbatma-navbat havola etishga qaroq qildik.

Demak, "Liverpul"ga muxlisman deb, ayta oladigan, "Stand Up" yo'nalishi bo'yicha ijod qilivchi - Nozimjon Safarov markaziy uchrashuv haqida nima deydi?

"Shanba kuni bo'lib o'tadigan "Liverpul" - "Manchester Yunayted" o'yini har qachongidan ahamyatlidir. Finalga teng o'yin deb atasa bo'ladi. Buni bir qator sabablari bor. Birinchidan - o'zi har doim bu jamoalar qaysi musobaqa doirasida o'zaro to'qnashmasin, bu nafaqat angliyada, balki jahon miqyosida katta e'tiborni jalb etadigan holat. Ikkinchidan - "Ettihad stedium fojiasi"dan keyin boshlangan "Liverpul"ning "sho'ng'ishi" (qizillarning oxirgi o'yinlardagi omadsizliklarini aynan shu o'yindagi psixologik zarba tufayli deb bilaman) "Enfild"da Yunayted ustidan erishilgan g'alaba bilan yakun topmasa, Mersisayd submarianasi yana chuqurga tushib, hatto mariana botig'igacha yetishi mumkin. Aynan shu sabablar bu o'yinni finalga tenglashtiradi.

Ushbu o'yin natijasi keyingi "Maribor" va "Tottenhem"ga qarshi o'yinlar kayfiyatini belgilab beradi. Undan tashqari, shanba kungi o'yin Yurgen Kloppning g'ichirlashni boshlayotgan kreslosini barqaror holatga keltiradi yoki silkitib tashlaydi. O'yin haqidagi bashoratga kelsak, "Manchester Yunayted" haqiqatda xavfli jamoaga aylangan va "Liverpul" himoyasini "sinov" kutmoqda. "Liverpul" xujum chizig'i esa vaziyatlardan foydalanishni o'rganishi kerak. Aks holda mag'lubiyat. Bashorat: (3:2) hisobidagi "Liverpul"ning g'alabasi" - deya so'zini yakunladi Nozimjon Safarov.
Teglar : Muxlislar fikri | Nozimjon Safarov |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Yuksal_shod
Ko`rildi: 510 Marta
Fikrlar (Umumiy: 16 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 18
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 12

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog