Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" muxlislari norozilik bildirishmoqda

19 okt 2017, 17:50
Xabaringiz bor, shanba kuni Angliya Premier-ligasida "Liverpul" va "Manchester Yunayted" o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yin oldidan "Liverpul" muxlislari uchrashuvga tayinlangan hakam Martin Atkinson yuzasidan norozichilik bildirishmoqda.

Mersisaydlik muxlislar fikriga ko‘ra, Atkinson bu o‘yinni boshqarib borishi xato. Sababi, u 2015-yilda aynan shu jamoalar to‘qnashuvini boshqargan payti, xatolik evaziga "Liverpul" sardori Stiven Jerrardni maydondan chetlatgan. Buni futbolchining o‘zi ham o‘z tarjimai holida ta’kidlab o‘tgan.

Umuman olganda Atkinson "Liverpul" hamda "MYu" o‘rtasidagi uch to‘qnashuvni boshqargan. E’tiborlisi, ularning barida "qizil iblislar" qo‘li baland kelgan.

Undan tashqari Martin Atkinson o‘tgan mavsum, Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi bahsni ham boshqargan. Ana shu bellashuvda u bir necha bor "qizillar" foydasiga to‘g‘ri qaror chiqazmagan va oqibatda "Liverpul" finaldan mahrum qolgan.

Yuqoridagi sabab va "Manchester Yunayted"ning bugungi kundagi yaxshi sport formasi tufayli, bo‘lajak bahs oldidan "Liverpul" g‘alaba qozonish imkoniyati past darajada deb qayd etilmoqda.
Teglar : Martin Atkinson | Manchester Yunayted |
Manba : Daily Mail
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 791 Marta
Fikrlar (Umumiy: 19 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 19
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 13

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog